O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet178/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Omonimiya - til birliklarida shakily tenglik hodisasi.
Leksik omonimiya-omonimiya hodisasining leksemalar doirasidagi ko‘rinishi. Omoformalar-ayrim grammatik shakllari o‘zaro teng bo‘lgan leksemalar.
Omofonlar-talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo‘lgan leksemalar. Ular omonimlarga yondosh hodisalar sanaladi.
Omograflar -yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo‘lgan leksemalar.Bunday leksemalar ham omonimlarga yondosh hodisalardir.
Leksik paronimiya
Paronimiya (yun. para - “yonida”+ onyma - “nom”) - ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi. Bunday o‘xshashlik, ohangdoshlik, odatda, har ikki (yoki uch) leksemaning tashqi formasidagi bir-biri- ga yaqinlikdan kelib chiqadi.Masalan, arqon va arkon. Bu ikki leksema tarkibidagi 5 ta tovushdan 4 tasi ayni bir xil fonemalardir,ularning leksemalar tarkibidagi joylashgan o‘rinlari ham bir xil, ammo ulardan birinchisida —q”, ikkinchisida esa “k” undoshlari qatnashgan. Bu ikki undoshning artikulatsiya o‘rni, fizik-akustik tabiati ham bir-biriga ancha yaqin (ammo bir xil emas). Ana shu jihatlar bu ikki leksemaning talaffuzida o‘zaro o‘xshashlik, ohangdoshlik bo‘lishini ta’minlagan. Taqya (sidirg‘a matodan tayyorlangan do‘ppi) va takya ( “odamlar to‘planib ulfatchilik qiladigan joy”), salloh (“qassob”) va saloh (“to‘g‘rilik”, “vijdonlilikleksemalarida ham shunday holat kuzatiladi; bayon va boyon leksemalarida esa —a” va “o” unlilarining quyi keng ekanligi, urg‘usiz bo‘g‘inda qo‘llanganligi bu ikki leksemaning bir-biriga o‘xshash talaffuz etilishiga, demak, o‘zaro paronimiya munosabatida bo‘lishlariga sabab bo‘lgan. Ma’lumki, o‘zaro zidlanish (oppozitsiya) munosabatida bo‘lgan ikki fonema hisobiga farqlangan so‘zlar kvaziomonimlar yoki minimal juftlikdagi so„zlar sanaladi.Yuqorida keltirilgan paronimlar ham aslida kvaziomonimlardir, ammo kvaziomonimlarning barchasi paronimlar bo‘lavermaydi: paronimlar darajasida bo‘lgan kvaziomonimlar o‘zaro zidlanishda bo‘lgan tovushlar bilan birga bir-biriga yaqin, o‘xshash talaffuz belgisiga ham ega bo‘lishlari shart (yuqoridagi misollar), kvaziomonimlarning aksariyatida esa bunday xususiyat yo‘q. Qiyos qiling. shox va shoh(paronimlar, chunki talaffuzda o‘xshashlik borj- tor va dor (paronimlar emas, chunki talaffuzda yaqinlik yo‘q),xol va hol (paronimlar: talaffuzda yaqinlik bor)-xor va bor (paronimlar emas: talaffuzda yaqinlik yo‘q), bayon va boyon (paronimlar: talaffuzda yaqinlik bor)- tomon va somon (paronimlar emas: talaffuzda yaqinlik yo‘q) kabi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling