O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Okkazional ma’no (nutqiy ma’no) -


Download 5.3 Mb.
bet186/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

2.Okkazional ma’no (nutqiy ma’no) - leksemaning tildagi ma’nosiga (yoki ma’nolariga) xos bo‘lmagan, ayrim shaxslarning (mualliflarning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha “tus” berish maqsadida yuzaga keltirgan sun’iy ma’nosidir. U individual xarakterda bo‘ladi va faqat kontekstda (nutqda ) anglashiladi. Komputer leksemasining quyidagi matnda anglatgan ma’nolari bunga yaqqol misol bo‘ladi. Unda shunday deyilgan: Azlar emas, Ajdar bu, Ajdar! Yoshi qirqqa chiqib qilcha aqli kirmagan noinsof, umrimni xazon qildi!... Qizimizning bo„yi yetib qoldi, munday odamlarga o„xshab bisot-misot yig„ayapsanmi, deyish o „rniga Xudoning bergan kuni bo „kib ichsa! Ichaverib, ichaverib, komputeri sinib qolgan buning!(O‘.H.“Ajdar”ning tavbasi//So‘qqabosh bevagina.-2008, 41-b.). Bu matnda yozuvchi O‘tkir Hoshimov komputer leksemasining ma’nosiga yangi —tus” bergan - uni insonning (ya’ni Azlarning) “miyasi”, “aqli” ma’nolarida qo‘llagan. Aslida komputer leksemasining mazmun mundarijasida bu ma’nolar yo‘q, ular yozuvchi O‘tkir Hoshimovning badiiy tafakkuri mahsuli, shuning uchun ular faqat mazkur matn ichida (demak, kontekstda)gina anglashiladi va okkazional ma’nolar ( nutqiy ma’nolar) deb qaraladi.
Dazmollamoq leksemasining quyidagi matn parchasida ifodalangan ma’nosiga ham e‘tibor beraylik: “Uchuvchi menga qilingan boyagi noхush muomalani “dazmollagisi” keldimi, taklif qilib qoldi.
-Samolotning yuqori qavatida basseyn bor. Yuring, mazza qilib cho„milib ola- siz”. (O‘.H.G‘aroyib sayohat // So‘qqabosh bevagina. -2008, 7-b ). Bu nutqiy parchada “dazmollamoq” leksemasi ma’nosiga asar muallifi tomonidan yangi tus berilgan - u yozuvchi Said Ahmad tilidan so‘zlanayotgan nutqda bu leksemani “oldingi noxush suhbatning noxush ta’sirini yumshatish xohishi” ma’nosida ishlatgan. Aslida bu ma’no “dazmollash” leksemasining semantik tarkibida yo‘q, uni asar muallifining o‘zi nutq paytida okkazional ma’no sifatida “kashl” etgan,xolos.
Bunday leksik qo‘llanishni (demak, okkazional ma’noni) gul leksemasi misolida ham uchratib turamiz: gul leksemasining to‘g‘ri ("o'simlik gulf”) va ko‘chma (—yigitlarning guli”) ma’nolari borligi barchaga ma’lum, ular shu leksemaning uzual (lisoniy) ma’nolari sanaladi, chunki gul leksemasining bu ma’nolari shu leksemaning semantik tarkibidan barqaror o‘rin olgan.Biroq gul leksemasining fan arboblariga nisbatan metaforik qo‘llanishi odat tusiga kirmagan, atoqli yozuvchi Oybekning quyidagi misralarida esa bu leksema ayni shu ma’noda ishlatilgan, demak, uning mazmun mundarijasiga okkazional ma’no tusi berilgan:
Fan, san ’atning gullari butun To„plangandi suhbati uchun.
Demak, a) uzual ma’no til birligi (lisoniy ma’no), okkazional ma’no esa nutq birligi (nutqiy ma’no ) sanaladi; b) uzual ma’no (yoki ma’nolar) kontekstgacha shakllangan bo‘ladi, okkazional ma’no esa kontekstning o‘zida yuzaga keladi, shu kontekst doirasidagina leksemaga biriktiriladi; d) uzual ma’no leksemaning biror predmet yoki hodisani nomlashi bilan bog‘langandir (unda obrazlilik ifodasi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin), okkazional ma’no esa nomlamaydi, unda obrazlilik ifodalanadi, xolos; e) uzual ma’no tilning lug‘at boyligidan o‘rin oladi, okkazional ma’no esa vaqt o‘tishi bilan lug‘at boyligiga kirib qolishi mumkin bo‘lgan (hozircha kirmagan) potensial imkoniyatdir. Bunday imkoniyat amalga oshishi ham, oshmay qolishi ham mumkin.Chunonchi, o„girmoq leksemasining tilda quyidagi leksik ma’nolari bor: 1) biror tomonga qaratmoq, burmoq (Ra’no yuzini chetga o„girib, boshidagi ro„moli bilan yuzini art di.); 2) aziz -avliyolarga atab boshi yoki ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq (Oftob oyim erining bu so„zini eshitishi bilan Xo„ja Bahoviddin yo „liga o„girib qo „ygan yetti tangapulni Tuybekaga berib, darrov eshonnikiga jo„natdi.). Biroq, o„girmoq leksemasi keyingi yillarda —tarjima qilmoq” ma’nosida ham qo‘llanmoqda, demak o„girmoq leksemasining ana shu okkazional ma’nosi uzual ma’noga o‘tish jarayonini boshidan kechirmoqda deyishga asos bor.
Tekshirish savollari

  1. Uzual va okkazional ma‘nolar qanday farqlanadi?

  2. Nima uchun uzual ma‘no lisoniy hodisa, okkazional ma‘no esa nutqiy hodisa sanaladi?

3.Okkazional ma‘no qanday yuzaga keladi?

  1. Okkazional ma‘no uzual ma‘noga aylanishi mumkinmi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling