O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet187/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Uzual ma’no -leksemaning mazmun mundarijasida bor bo‘lgan, demak til ixtiyoriga o‘tib bo‘lgan leksik ma’no.
Okkazional ma’no (nutqiy ma’no) - leksemaning tildagi ma’nosiga (yoki ma’nolariga) xos bo‘lmagan, ayrim shaxslarning (mualliflarning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha —tus” berish maqsadida yuzaga keltirgan sun’iy ma’nosidir. U individual xarakterda bo‘ladi va faqat kontekstda (nutqda ) anglashiladi.
Adabiyotlar: 10(152-154), 17 (40-47),28(53-55),29(58-60)

  1. Leksik monosemiya va polisemiya



Leksik monosemiya (yunoncha: monos-—bir”+ semia - —belgi”) - leksemaning ichki (mazmun) tomonida faqat bitta leksik ma’noning bo‘lishi.Masalan,o‘zbek tilidagi guruch leksemasi —sholidan oqlab olinadigan oshlik don” ma’nosini, aba- diy leksemasi —mangu, doimiy” ma’nosini, tun leksemasi —sutkaning kun botishidan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo‘lgan qismi” ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo‘q.
Monosemiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida bir ma’nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko‘proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalarning boshlang‘ich ishlatilish davriga xosdir: to„rtburchak (matem. termin),go „mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o‘zlashtirilgan so‘z) va b.lar.
Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalar vaqt o‘tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko‘p ma’noli leksemalarga aylanib qolishi mumkin. Nutqda esa buning aksi yuz beradi: ko‘p ma’noli leksemaning faqat bitta ma‘nosi voqelanadi. Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo‘shiladi.95

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling