Uzual ma’no -leksemaning mazmun mundarijasida bor bo‘lgan, demak til ixtiyoriga o‘tib bo‘lgan leksik ma’no.
Okkazional ma’no (nutqiy ma’no) - leksemaning tildagi ma’nosiga (yoki ma’nolariga) xos bo‘lmagan, ayrim shaxslarning (mualliflarning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha —tus” berish maqsadida yuzaga keltirgan sun’iy ma’nosidir. U individual xarakterda bo‘ladi va faqat kontekstda (nutqda ) anglashiladi.
Adabiyotlar: 10(152-154), 17 (40-47),28(53-55),29(58-60)
Leksik monosemiya va polisemiya
Leksik monosemiya (yunoncha: monos-—bir”+ semia - —belgi”) - leksemaning ichki (mazmun) tomonida faqat bitta leksik ma’noning bo‘lishi.Masalan,o‘zbek tilidagi guruch leksemasi —sholidan oqlab olinadigan oshlik don” ma’nosini, aba- diy leksemasi —mangu, doimiy” ma’nosini, tun leksemasi —sutkaning kun botishidan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo‘lgan qismi” ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo‘q.
Monosemiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida bir ma’nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko‘proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalarning boshlang‘ich ishlatilish davriga xosdir: to„rtburchak (matem. termin),go „mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o‘zlashtirilgan so‘z) va b.lar.
Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalar vaqt o‘tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko‘p ma’noli leksemalarga aylanib qolishi mumkin. Nutqda esa buning aksi yuz beradi: ko‘p ma’noli leksemaning faqat bitta ma‘nosi voqelanadi. Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo‘shiladi.95
Do'stlaringiz bilan baham: |