O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet188/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksik polisemiya (yunoncha: polz-“ko‘p”+ semia-“belgi” ) - leksemaning bir necha ma’noga ega bo‘lishi.Masalan, tuz leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma’nolar bor: 1) —kislota tarkibidagi vodorod o‘rnini biror metall egallashi natijasida hosil bo‘ladigan kimyoviy birikmalar”('asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzlari); 2) —kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi”(osh tuzi); 3)ko‘chma: “kimsaning boshqa odamga bergan, yedirgan-ichirgan ovqati” (tuz bermoq, tuzini yemoq); 4) ko„chma: mantiq, ma’no, mazmun: —Iye-iye, bu oyimchaning gapida tuz bormi o„zi?” (I. Rahim.)
Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar (sememalar) orasida mazmuniy bog‘lanish borligiga tayanadi, shu xususiyati bilan polisemiya omonimiyadan farqlanadi (—Leksik omonimiya” bahsiga qarang).
Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma’no taraqqiyoti qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Leksik ma’no taraqqiyoti
Leksemaning leksik ma’nosi qotib qolgan, o‘zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo‘lsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida o‘zgarishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan omillar ikki xildir: 1) lisoniy (lingvistik) omillar- til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Masalan, tilning lug‘at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo‘lishlari mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo "—ochiq eshik”ni "—aniq eshik deb bo‘lmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma’no xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar, ularning valentlik imkoniyatlari yo‘l qo‘ymaydi; 2) nolisoniy (ekstralingvistik) omillar - ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy taraqqiyot, xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar,ong, tafakkur rivoji, bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik) kabi jarayonlar.Bunday omillar tilga,ayniqsa, uning leksikasiga doimiy ta’sir o‘tkazib turadi,ayrim leksemalarning semantik tarkibida yangi leksik ma‘nolarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Masalan, oyoq leksemasi dastlab inson a’zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning “oyogi”ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyogi, kursining oyogi, stolning oyogi, karavotning oyogi kabi.Bunga inson yashab turgan muhitda turli-tuman mebel- jihozlarning paydo bo‘lganligi, shu bilan bog‘liq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur o‘rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo‘lgan.
Demak, leksemaning leksik ma’nosi yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida o‘zgarib turadi, leksik ma‘no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi.Bunday taraqqiyotning yo‘llari ham har xil: ma’noning ko‘chishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm o„zgarishlari shular jumlasidandir.
Ma’noning ko„chishi

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling