Leksik ma’noning lug„aviy konteksti - leksemalarning boshqa leksemalar bilan bog‘lanishida leksik ma‘noning (bir ma’noli leksemalarda) yoki har bir leksik ma’noning (ko‘p ma’noli leksemalarda) namoyon bo‘lishi uchun zarur sharoitni ta’minlaydigan leksik kotekst.
Leksik ma’noning grammatik tabiati- Leksemalarning o‘zaro bog‘lanishida namoyon bo‘ladigan grammatik belgi-xususiyatlar.
Leksik ma’nolarda semantik bo„g„lanish-o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvchi leksik ma’nolarning semalari tarkibida bir umumiy semaning mavjud bo‘lishi. Bunday umumiy sema o‘zaro sintaktik aloqada bo‘lgan leksik ma’nolarning bir- biriga yaqin leksik kontekstini ta’minlaydi, shu orqali ularning sintaktik aloqaga kirishuvlari uchun zarur bo‘lgan imkoniyat (valentlik imkoniyati) yaratiladi. Bunday umumiy sema sintagmema deb ham ataladi .
Adabiyotlar:28 (68-73), 29(74-79)
Leksemalar orasidagi semantik
munosa27b6 atlar
Leksemalarning ma’no munosabatlari turlicha bo‘lib, bunday munosabatlar asosida tilning lyg‘at boyligida sinonimiya, antonimiya,giponimiya,graduonimiya va partonimiya hodisalari yuz beradi.
Leksik sinonimiya
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanishidir: yelka, kift, o„miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu'la, yog‘du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar yoki sinonimik uyalar deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |