absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar - leksik ma’nolari o‘zaro teng bo‘lib, farqlovchi semalari bo‘lmagan leksemalar: so‘roq va savol, xabar va darak,
tema va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar leksik dubletlar deb ham ataladi.101
Sinonimlarning yuqorida keltirilgan turlari tilning lug‘at boyligida ma’lum sinonimik qatorlarni hosil qiladi, ammo bunday qatorlar, guruhlar qatoriga kirmagan, demak, til birligi sifatida o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lmagan ayrim leksemalarning ma‘lum kontekst doirasida ( nutqiy vaziyat taqozosi bilan) sinonimik munosabatga kiritilishi ham uchrab turadi.Sinonimlashuvning bu ko‘rinishi kontekstual sinonimiya deyiladi.Masalan, chinni va kosa leksemalarining ma‘nolari bir xil emas: chinni “idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy’’ni, kosa esa “piyoladan kattaroq idish”ni ataydi. Demak, ularning ideografik semalari teng emas: biri “material”ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan “idish”ni anglatadi, shunga ko‘ra ular sinonimlar sanalmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi —kosa” ma’nosida ham qo‘llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi, Masalan, Xoljonbika... xitoyi c h i n n i da moy olib keldi. (J.Sh.)
Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa mua//if leksemasining nutqdagi qo‘llanishida ko‘p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida semalar mujassamlangan. Demak, bu leksemaning ma’no ko‘lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif leksemasining shu semalaridan faqat bittasi aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda muallif leksemasi faqat —yozuvchi” ma’nosida qo‘llanadi, demak, yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki leksema sinonim bo‘la olmaydi, chunki ularning ma’no ko‘lami ozaro teng emas.
—yozuvchi”, “shoir”,
“hikoyanavis”, “dramaturg”,“olim”,
“ixtirochi” kabi qator
Do'stlaringiz bilan baham: |