Leksik sinonimiya - leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanishi.
Dominanta - sinonimik qatordagi betaraf ma’noli leksema.
Semantik mikrosistema-sinonimik qatorning kichik paradigma sifatidagi tavsifi.
Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar)- ideografik semasining ma’no qirralari bilan farqlanadigan sinonimlar.
Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar, baholovchi sinonimlar)- leksik ma’nolari ijobiy yoki salbiy bo‘yoqlar bilan qoplangan sinonimlar.Ular nutqning (matnning) badiiy-estetik jihatlarini ifoadalashda kuchli uslubiy vosita rolini o‘taydi.
Absolut sinonimlar - leksik ma’nolari o‘zaro teng bo‘lib, farqlovchi semalari bo‘lmagan leksemalar.Tilshunoslikda ularning leksik dubletlar deb nomlanish hollari ham uchraydi.
Kontekstual sinonimiya- til birligi sifatida o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lmagan ayrim leksemalarning ma’lum kontekst doirasida ( nutqiy vaziyat taqozosi bilan) sinonimik munosabatga kiritilishi.
Adabiyotlar: 7 (76-82), 10 (166-170), 16 (174-178),17 (189-215), 28 (73-79), 29(79-86), 33(112-13)
Leksik antonimiya
Leksik antonimiya ikki leksema ma’nolaridagi zidlanish munosabatiga asoslangan guruhlanishdir: oq va qora, qalin va yupqa, mehr va nafrat kabi.O‘zaro zidlanish munosabatida bo‘lgan ikki leksema antonimik juftlik deyiladi.102
E s l a t m a: Antomik juftlikni juft so‘z ko‘rinishidagi yasama leksema bilan qorishtirmaslik kerak. Qiyos qiling: katta-kichik (bitta leksema) — katta va kichik (ikkita leksema) kabi.Antonimik juftlik ikki leksema orasida yuz beradi.
Antonimiya hodisasi quyidagi holatlarda kengroq tarqalgan:
“Belgi-xususiyat” ma‘noli leksemalar doirasida: katta va kichik (hajm belgisi), issiq va sovuq (harorat belgisi), yosh va qari (yosh belgisi), botir va qo„rqoq (хarakter-хususiyat belgisi), to„g„ri va egri (shakl belgisi), achchiq va shirin (maza- ta‘m belgisi) kabi.
—Payt”, —holat”, “miqdor” ma’noli leksemalar doirasida: kecha va ertaga, avval va keyin (payt belgisiga ko‘ra),tez va sekin, arang va bemalol (holat belgisiga ko‘ra), ko „p va oz, mo „1 va kam (miqdor belgisiga ko‘ra) kabi.
—Predmet” va —belgi” semalari mujassamlashgan leksemalarda: boylik va kambag„allik,botirlik va qo„rqoqlik kabi.
—Harakat”ma‘noli leksemalarda:bormoq va kelmoq,kirmoq va chiqmoq, kengaymoq va toraymoq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |