O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Leksemalar quyidagi holatlarda sinonimik munosabatda bo„la olmaydi


Download 5.3 Mb.
bet200/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksemalar quyidagi holatlarda sinonimik munosabatda bo„la olmaydi:
l.Ideografik semalari teng bo‘lmagan leksemalar:quyosh, oy, yulduz kabi paradigma a’zolari.

  1. Ma’no hajmi keng bo‘lgan leksema bilan ma’no hajmi tor bo‘lgan leksemalar: uy va xona, shahar va mahalla kabilar.

3.Ijtimoiy mohiyati teng bo‘lmagan hodisa-voqeliklarning nomlari: qozi va sudya, mirshab va militsioner kabilar.Bulardan qozi va mirshab leksemalari feodal tuzumdagi voqelikni, sudya va militsioner leksemalari esa hozirgi demokratik tuzumga xos voqelikni nomlaydi.
E s l a t m a: O‘tmish voqeligining nomi bilan hozirgi voqelik nomi o‘rtasida sinonimik munosabatning borligi yoki yo‘qligini belgilashda shu nomlardan biri o‘rnida ikkinchisining qo‘llana olish darajasi ham hisobga olinadi.Chunonchi, eski o‘zbek tilidagi zobit leksemasi hozirgi o‘zbek tilida ofitser leksemasining sinonimi sifatida qo‘llana boshlandi, ammo eski o‘zbek tilidagi cherik leksemasi bilan hozirgi o‘zbek tilidagi askar leksemasi o‘rtasida esa bunday munosabat yo‘q.
Sinonimik qatorlarning leksik tarkibi. O‘zbek tilidagi sinonimik qatorlar tarkibida o‘z va o‘zlashgan qatlam so‘zlari , umumtil va dialektal birliklar borligi ko‘zga tashlanadi. Masalan: anglamoq (o„zb.) - tushunmoq (o„zb.), go„zal(umumtil birligi)- suluv (leksik dialektizm), husn (arab. o„zlashma)- chiroy (toj. o„zlashma), xat (arab. o„zlasma) -maktub (arab. o„zlasma) -noma (fors.o„zlashma), kishi (o„zb.) - odam (arab. o„zlasma ), ko„k (o„zb.) -osmon (toj. o„zlashma)- falak (arab. o„zlashma ), analiz (ruscha-baynalmilal o„zlashma) -tahlil (arab. o„zlasma ), tema (ruscha-baynalmilal o„zlashma) -mavzu (arab. o„zlasma ) kabi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling