Kontrar qarama-qarshilikda o‘zaro zidlanish munosabatida bo‘lgan ikki leksema (masalan, avval va keyin leksemalari) orasida farqlanish darajasi o‘sib boruvchi boshqa leksemalar ham mavjud bo‘lib, ular shu qatordagi birinchi va oxirgi leksemalar o‘rasida joylashadi:avval-hozir-keyin kabi.Bunday holda mazkur qatorning birinchi va so‘nggi a‘zolari (avval va keyin leksemalari) antonimlashadi,hozir leksemasida esa avval va keyin leksemalarining qarama- qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning darajalanish (gradatsiya)qatoridan izlash kerak.
Komplementar qarama-qarshilikda oraliq leksema (bog‘lovchi bo‘g‘in) bo‘lmaydi: yopiq va ochiq, yumshoq va qattiq kabi.
Yuqoridagi har ikki ta‘rifning mohiyati aslida birdir. Ular bir-birini ayrim detallar yoki terminlar (o„rta bo„g„in, oraliq bo„g„in, kontrar qarama-qarshilik, komplementar qarama-qarshilik, darajalanish va b.lar) bilan to‘ldirgan, xolos.
Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi. Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu
orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta‘minlaydi.
Tinglar edim betinim
Uzun tunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Ko‘pi yolg„on, ko‘pi chin.
(H.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |