O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet210/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Morfologik belgilari: ruscha-baynalmilal leksemalarda prefiks + o‘zak (a+morf, de + duksiya), o‘zak + suffiks (Bronx + it, jurnal + ist), prefiks + o‘zak + suffiks (a+simmetr+iya) tarkibli leksemalar uchraydi.
Ruscha-baynalmilal leksemalar tarkibidagi affikslar o‘zbek tilida so‘z yasamaydi (mikroo„g„it, mikroiqlim, ultratovush kabi kalkalar bundan mustasno).
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq tuzumiga xos bir qator ruscha-baynalmilal leksemalar (raykom, partkom, gorkom, kolxoz kabilar) eskirib, o‘zbek tili leksikasining eskirgan lug‘aviy birliklari (istorizmlar) qatoriga o‘tib qoldi, ayni paytda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o‘zbek tili leksikasida yangi ruscha-baynalmilal o’zlashmalar paydo bo‘ldi: investitsiya, marketing, minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular jumlasidandir.
Leksema o„zlashtirish
Leksema o„zlashtirish o‘zbek tili lug‘at tarkibining o‘zlashgan qatlamini shakllantiruvchi asosiy manbadir. Bunday o‘zlashtirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi :

  1. J o n l i s o‘ z l a s h u v o r q a l i . Bunda boshqa til leksemalari o‘zbek tiliga mahalliy aholining og‘zaki nutqi orqali o‘tadi. Masalan, ruscha rami(paMbi), klubnika, podnos leksemalari o‘zbek tilining jonli so‘zlashuvida rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o‘zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o‘zlashgan.

  2. B o s m a m a n b a l a r o r q a l i. Bunda boshqa tillardagi matnlarning o‘zbek tiliga o‘girilgan nusxalarini matbuotda chop etish yoki o‘zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til leksemalarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo‘ladigan o‘zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, sujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi leksemalar shu yo‘l bilan o‘zlashtirilgan.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling