Leksema o„zlashtirish usullari ham ikki xil bo„ladi:
O‘z i c h a o l i s h. Bunda boshqa tildan o‘zlashtirilayotgan leksema hech qanday o‘zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o‘zgarishlar bilan olinadi. Mas., g„o„za(f-t.), gul(f-t.), poya(f-t), kaptar(<f-t:kabutar); balo(ar.), bil’aks(ar), davlat(ar.), muallim(<ar.mua’llimun); direktor (r-b.), rektor(r-b.), institut(r-b.), metro(r-b.), cho ‘t(<rus.C4erbz), cho „tka(<rus.щетка) kabi.
K a l k a l a b o l i s h. Bunda boshqa tildagi (mas., rus tilidagi) leksemaning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o‘zbekcha leksema yasaladi va shu leksema bilan boshqa til (mas.,rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos qiling: yarimo„tkazgich<<тил.полупровоДник, ilmiy- ommabopпопулярный kabi. Kalkalashning bu turi to‘liq kalka sanaladi, chunki unda boshqa til leksemasining ifoda materiali o‘zbek tili materiali bilan to‘liq almashtirilgandir. Ba‘zan boshqa til leksemasining bir qismi o‘zgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa o‘zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo„g„itмикроуДобрение, ultratovush ультразвук,rekokdliмещанство kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka hisoblanadi.
To‘liq va yarim kalkalar leksema o‘zlashtirilishining grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunday o‘zlashtirish boshqa til leksemalarining ma’noli qismlaridan nusxa ko‘chirilishiga asoslanadi. Ammo tilda ba’zan yangi leksema yasalmay, azaldan mavjud bo‘lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma’nosini —yuklash”, “singdirish” orqali ham ma’no o‘zlashtirilishi ta’minlanadi. O‘zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi. Masalan, til leksemasi "so‘zlashuv quroli" nomi sifatida ruscha язык leksemasiga ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi язык leksemasining “asir” ma’nosini o‘zbek tilidagi til leksemasi bilan ifodalashga turtki bo‘lgan: —Qo„mondonlik Ostonaqullar keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi”. (A.Rahm. Ellik bir bahodir.)
O‘zbek tilidagi o„zak leksemasida “so‘zning o‘zagi” ma’nosining paydo bo‘lganligi ham ruscha корень leksemasining —корень слово” ma’nosiga asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |