O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Dialektizmlarning uslubiy vositalar sifatidagi tavsifi


Download 5.3 Mb.
bet214/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Dialektizmlarning uslubiy vositalar sifatidagi tavsifi
Leksik, fonetik va grammatik dialektizmlardan badiiy asar tilida uslubiy vosita (uslubiy figura) sifatida foydalanish hollari ancha keng tarqalgan. Yozuvchi J.Abdullaxonovning «To‘fon» romanidan keltirilgan quyidagi matn parchasiga nazar tashlaylik:
Shu vaqt ko„cha eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada o„n yoshlardagi maykachan, qop-qora bola paydo bo„ldi. U nihoyatda hansirar, ko„p yugurib toliqqanidan nafasini rostlay olmasdi:
-Akamullo, akamullo, sizni yo„qloshopti, idoraga yo„qloshopti.
-Nima gap?
-Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo„ronda qolgan ekan... Qaytib kelmopti... So„g„in Xo„janazar akoning duxtori bo„ronga qolip o„lipti.
Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi.
Yuqoridagi nutqiy parcha muallif tili va personajlar tilidan tarkib topgan bo‘lib, unda nutqning dialogik shakli qatnashgan. Personaj tilida o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida bo‘lgan o‘zbek shevalari leksemalaridan (akamullo, bacha, duxtor, so‘g‘in kabi leksik dialektizmlardan), shu shevalarga xos grammatik shakllardan (yo„qloshopti, kelmopti) va leksik-fonetik dialektizmlardan (aka so‘zining ako shaklidan) unumli foydalanilgan, natijada obraz nutqining tipik va ta‘sirchan bo‘lishiga erishilgan.
Yozuvchi Erkin Samandarovning «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» romanidan keltirilgan quyidagi dialogda esa dialektizmlarning uslubiy vosita sifatidagi roli, personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq ko‘zga tashlanadi:
Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo„layotganini angshara olmay serrayib turdi.

  • Voy, anavi olvolini ko„ring, - dedi Qumrixon o„rnidan turib.

  • Olvoling nimasi?

  • Olvoli de, huv ana.

  • Chiyani aytasanmi?

Qumrixon bog„istoncha chiya so„ziga tushunmadi.

  • Olchami?

  • Ha, olvoli yegum kelutti.

  • Ma, Qumri, -dedi Ganja bir hovuch olchani uzib. («Sharq yulduzi» j-li, 1989,№1,39-b.)

Yuqoridagi dialog epizodida mevaning bir turi uch xil nom bilan - olvoli, chiya va olcha leksemalari vositasida atalgan, bu hol ikki (Namangan va Bog‘iston) sheva vakillari o‘rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat qilgan.
Kasb-hunar leksikasi
Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish, ilm-fan, adabiyot-san‘at va hokazo sohalarga oid narsa-hodisa hamda tushuncha nomlarini o‘z ichiga oladi: degrez-«qozon, omoch tishi va boshqa cho‘yan asboblar quyuvchi usta», kavshar-«metall buyum, detal va sh.k.ni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan metall yoki qotishma” kabi. Bular tilshunoslikda professionalizmlar yoki professional leksika deb ham ataladi. Professional leksikaning bir qismi terminlardir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling