O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- boshoq
- tish
- urug„
- determinlashish
- Argotizm, jargonizm va vulgarizmlar
Terminlar fan, texnika, adabiyot, san‘at va boshqa sohalarga ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona changchi, urug„chi, gultoj (botanikada); to„rtburchak, kvadrat (geometriyada); fonema, morfema, semema(tilshunoslikda ), tangens, sinus, teorema, katet (matematikada), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani tub leksemaga (hujayra,ildiz ), yasama leksemaga (urug„chi, changchi, to„qima, gulkosa, guhoj) yoki turg‘un birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. Har uch ko’rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda ularning nominativ birlik ekanligi e‘tiborga olinadi.116 Terminlarning mazmun jihatida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo‘ladi: Masalan, boshoq terminining mazmunida «poya uchida o‘sadigan to‘pgul yoki to‘pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan. Shaklan tub (ba’zan esa yasama) leksemaga teng bo‘lgan terminlar aslida tilning lug‘at boyligida mavjud bo‘lgan leksemalarning o‘zidir, chunki ular ayni shu leksemalarning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, demak,terminning ifoda jihati ham, mazmun jihati ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»)-tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»).Bunda leksemaning mazmun jihati (leksik ma‘nosi) termin tomonidan nomlangan tushunchaga tengdir. Demak, terminlarda ko‘pincha leksik ma’no bilan tushuncha o‘zaro teng bo‘ladi. Ba’zi sohalarda leksema o‘zining ko‘chma ma’nosida terminlashib qolishi ham mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi. Qiyos qiling: gul-botanikada: «o‘simlikning urchish (ko‘payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o‘yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul leksemasi o‘zining bosh ma’nosida botanikada, ko‘chma ma’nosida esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o‘zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko‘p ma’noli termin bo‘lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo‘ladi. Masalan, urug‘ leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo‘lib keldi: 1) «o‘simlikning urug‘i» (ruscha: семя); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: род). Bunday polisemiya keyingi yillarda taksonomik kategoriya ma‘nosidagi urug„ terminining turkum termini bilan almashtirilishiga sabab bo‘lgan. Ba’zan termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon leksemalari ham ma‘lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo‘llanadigan, barchaga tushunarli bo‘lgan leksemalarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.Determinlashgan leksema ,odatda, ishlatilishi chegaralangan guruhdan ishlatilishi chegaralanmagan guruhga o‘tib ketadi. Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid og‘zaki va yozma matnlarda faol qo‘llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha passiv bo‘ladi. Bunday qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish shu bilan belgilanadi. Kasb-hunar leksikasidan badiiy asar tilida ma‘lum uslubiy maqsadlarda foydalanish holatlari ham uchraydi. Masalan: Payshanba - maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat o„ralgan qurilish hovlisiga chang- to„zon ko„tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko„chma vagoncha oldida voshillab to„xtadi. Kabina eshigi ochilib, qo„ltig„iga qora sumka qistirgan kassir qiz - Faya sakrab tushdi. Vagoncha zinasiga pildirab chiqib, baqirdi: -Yigitlar, kelig„iz, zarplata olig„iz! Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo„lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takellajchi yigit. (O‘.H.) Yuqoridagi matn parchasida qurilishdagi bir epizod yoritilganligi tufayli, unda betonchi, vagoncha, payvandchi, takellajchi kabi qurilish leksikasiga oid leksemalar ishlatilgan. Argotizm, jargonizm va vulgarizmlar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling