Uslubiy bo„yoq - leksemaning leksik ma’nosiga qo‘shimcha tarzda orttirilgan (leksik ma’noni qoplab turgan) uslubiy ottenka, ifoda semasi.
Emotsional-ekspressivlik - ekspressiyaga (ta’sirchanlikka) egalik.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning leksik usuli - nutqda uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan leksemaning qo‘llanishi hisobiga ta’sirchanlikning ifodalanishi.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning affiksatsiya usuli- betaraf ma‘noli leksemalarga sub’yektiv baho ifodalovchi affikslarni qo‘shish orqali nutqda ta‘sirchanlikka erishish.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning kontekstual usuli - uslubiy bo‘yog‘i bo‘lmagan leksemaning ma’lum kontekst ta’sirida uslubiy bo‘yoqdor so‘zga aylantirilishi orqali nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning fonetik usuli- turli fonetik hodisalar (geminatsiya, unlilarni cho‘zish, urg‘uning o‘rnini o‘zgartirish) hisobiga nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
Leksemani metaforik qo„llash - leksemaning metafora usulida ko‘chirilgan ma’nosi hisobiga nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
Adabiyotlar: 9[73-75], 10 (210-213),34(67-71).
5.15. Leksemalarning nutq ko„rinishlariga
xoslanish jihatidan tavsifi
(Tilning vazifaviy ko‘rinishlariga xoslanganlik belgisiga ko‘ra
leksemalar tavsifi)
Umumnutq leksemalar va nutqning ma„lum
ko„rinishlariga xoslangan leksemalar
Leksema lisoniy birlik, nutq esa so‘zlovchining lisoniy birliklar vositasida fikrni shakllantirishi (ichki nutq) va ifodalashi (tashqi nutq) jarayonidir. Bunday jarayon ko‘zlangan maqsad, nutqiy vaziyat, so‘zlovchining shaxsiyati bilan bog‘liq ravishda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ularda ishtirok etadigan leksemalarning leksik-semantik va uslubiy belgi-xususiyatlari ham shularga bog‘liq ravishda tavsiflanadi.Bu jihatdan leksemalarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |