O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari


Download 5.3 Mb.
bet219/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari

  1. Leksik arxaizm hozirgi paytda mavjud bo‘lgan narsa-hodisaning eskirgan nomidir. Istorizm esa o‘tmish voqeligining nomi.

  2. Voqelikning hozir mavjudligi uning eski nomi (leksik arxaizmi) o‘rnida yangi nomi bo‘lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi nom) - yonoq (arxaizm), lab (hozirgi nom)-dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi nom) - yog„iy (arxaizm), qo„shin (hozirgi nom) - cherik (arxaizm) kabi.

Istorizmlar tomonidan nomlangan o‘tmish voqeligi hozir yo‘q, binobarin, ularning (istorizmlarning) hozirgi tilda yangi nomlari ham bo‘lmaydi.

  1. Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim leksemalar orasidagi uslubiy munosabatlar muhim rol o‘ynaydi: birining faollashuvi ikkinchisining passivlashuviga, arxaiklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat bo‘lmaydi: voqelikning yo‘qolishi shu voqelik nomi bo‘lgan leksemaning lug‘atdan butunlay tushib qolishiga sabab bo‘ladi.

O„zbek tili leksikasida yangilanish jarayoni
Tilning leksik sathidagi yangilanish leksik va semantik neologizmlar shaklida namoyon bo‘ladi.
Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan leksemalar: sayt, server, skaner, modem, marketing va b. Bunday neologizmlar til ixtiyoriga o‘tgan lug‘aviy birliklar bo‘lganligidan umumtil neologizmlari sanaladi.
Umumtil neologizmini individual nutq neologizmidan farqlash kerak. Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo‘ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan: “Olib ketaver, jo„ram. Qirq yilgi uzangidosh jo„ramsan. Olib ketaver. Qulunlagandan keyin y„oling tushsa tashlab ketarsan.” (S.Ahm. Jimjitlik.). Bu gapda uzangidosh so‘zi “birga chavandozlik qilgan do‘st” ma’nosida ishlatilgan. Bunday leksik qo‘llash S.Ahmadning mazkur asar tilidagi “ixtirosi” bo‘lib, u faqat shu asar matnidagina individual nutq neologizmi sifatida voqelangan. Y a n a m i s o l l a r: “Bek akang ko ‘rmmay qoldi-ku? -dedi Kesakpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho„ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...” (T.M.). Bu gapda yoqqich so‘zi ruscha zajigalka leksemasining kalkasi tarzida qo‘llangan, uni asar muallifi (T. M.) o‘zi yasagan va o‘zi individual nutq neologizmi sifatida birmchi bo‘lib ishlatgan. —Yulduz boshini stolga qo‘yib uxlamoqchi bo‘lgan Oksananing belidan quchoqlab o‘rnidan tirg‘azdi-da, sudrab devorga taqab qo‘yilgan oromkursiga yotqizdi” (Nuriddin Ismoilov. Mafiya sardori).Bu gapda oromkursi so‘zi ruscha kreslo o‘zlashmasining nutqiy sinonimi sifatida asar muallifi tomonidan yasalgan, ammo u ham yoqqich so‘zi kabi hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko‘tarilmagan, chunki ularning har ikkisi nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o‘tmagan.
Yuqoridagi lisoniy birliklar va nutqiy hodisalar tahlilidan shu narsa ma‘lum bo‘ladiki, umumtil neologizmi til hodisasi, individual nelogizm esa uslubiy hodisa sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o‘rganiladi.
Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida neologizm bo‘lgan leksema keyinroq neologizmlik “bo‘yog‘i”ni yo‘qotib, zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan, telefon, televizor, trolleybus, radio leksemalari dastlabki paytlarda neologizm bo‘lgan, hozir esa ularning birortasida yangilik bo‘yog'i saqlanmagan, demak, bu leksemalar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo‘llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Bunday holat ba‘zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 15- 20 yil ichida o‘zbek tili leksikasida paydo bo‘lgan test,kollej, litsey,ball, grant, supermarket kabi yangi leksemalarda, shuningdek, hokim, tadbirkor, ishbilarmon leksemalarining yangi ma’nolarida —yangilik bo‘yog'ini yo‘qotish” , —odat tusidagi leksemaga yoki ma‘noga aylanish” sur‘ati shu darajada tezlashganki, natijada ularni ko‘pchilik qiynalmay anglaydigan va qo‘llaydigan bo‘lib qolgan. Demak bu leksemalar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o‘tib bo‘lgan yoki o‘tish jarayonini boshidan kechirmoqda.
Leksemaning neologizmlik belgisi unga yaxlit holda yoki bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador bo‘lishi mumkin, shunga ko‘ra leksik neologizm quyidagi ikki turga bo‘linadi:

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling