O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Emotsional-ekspressiv jihatdan bo„yoqdor leksemalar
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emotsional-ekspressiv bo„yoqdor leksemalarning nutqda qo„llanishi
- shalvirab
- Yashshamagurlar
- xayro-o-o-on
- lochin
- Tekshirish savollari va topshiriqlar
- Tayanch tushunchalar
Emotsional-ekspressiv jihatdan bo„yoqdor leksemalar. Bunday leksemalarning semantik tarkibida denotativ ma‘no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo‘yoqlar (baho semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo‘ladi: Qiyos qiling: yuz (emotsional-ekspessiv jihatdan betaraf leksema)-turq (emotsional- ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksema: denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq), oriq(emotsional-ekspessiv jihatdan betaraf leksema)- dirdov ( emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksema: denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq), ozg‘in(emotsional- ekspessiv jihatdan betaraf leksema)- qiltiriq, ipiltiriq (emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksemalar: denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq ), jilmaymoq (emotsional- ekspessiv jihatdan betaraf leksema) - irshaymoq (emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksema: denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq ) kabi.
I z o h: yaxshi va yomon, g„azab va nafrat kabi leksemalarda uslubiy bo‘yoq bordek tuyuladi, aslida esa ularda uslubiy bo‘yoq yo‘q, bu leksemalar belgi yoki voqelikni atash (nomlash) bilan cheklanadi, shunga ko‘ra emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksemalar sanalmaydi.119 Emotsional-ekspressiv bo„yoqdor leksemalarning nutqda qo„llanishi Uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan leksemalardan nutqda his-tuyg‘ulami, so‘zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik!.. (Uyg‘.). Tursang-chi, muncha shalpayasan! (H.SH.). Bu misollarda bo‘shashmoq leksemasi o‘rnida shalviramoq va shalpaymoq leksemalari qo‘llangan va shu leksemalarning mazmun jihatidagi uslubiy bo‘yoqlar ("kinoya", "mazax", "kesatiq" semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta‘minlangan. Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi: L e k s i k u s u l. Bunda uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan leksema nutqqa kiritiladi (yuqoridagi misollar). K o n t e k s t u a l u s u l. Bunda uslubiy bo‘yog‘i yo‘q bo‘lgan leksema ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so‘zga aylantiriladi. A f f i k s a t s i y a u s u l i . Bunda betaraf ma‘noli leksemalarga sub’yektiv baho ifodalovchi affiksal morfemalar qo‘shiladi. (Qarang: 34,68-b. )120 F o n e t i k u s u l. Bunda leksema tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho‘ziladi, urg‘uning o‘rni o‘zgartiriladi: shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. M i s o l l a r: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar... (P.Q.).Samolotning yuqori qavatida basseyn bor.Yuring, mazza qilib cho„milib olasiz. (O‘. H.J. Akam bechora go„shangada ko„rib, xayro-o-o-on bo„lib qolganlar. (Mirm.).Uning shu gapidan keyin hamma o„tirganlar birdaniga “Vo-o-o” deb qiyqirib yuborishdi. (Nuriddin Ismoilov). Yo-o-o-q! -deb baqirib yuborgan Shahlo yerga o „tirib oldi-da o „kirib yig„lashga tushdi. (Nuriddin Ismoilov). L e k s e m a l a r n i m e t a f o r i k q o‘ l l a s h u s u l i. Bunda ko‘p ma‘noli leksemaning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma‘nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi: Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorong„i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan... Homid ismli bir to,ngii~ni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so„ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo‘ldim. (A.Qod.). Bu gapda to„ng„iz leksemasi ko‘chma ma’noda Homidga nisbatan qo‘llangan, shu bilan Otabekning bu shaxsga nisbatan salbiy his- tuyg‘usi, nafrati ifodalangan. Yana: Mamajon lochin yigit, serharakat, betinim. (Q.M.). Bu gapda lochin leksemasi o‘z ma’nosida emas, ko‘chma ma’noda - yigitning epchilligini, chaqqon va jasurligini baholash maqsadida qo‘llangan. Tekshirish savollari va topshiriqlar Uslubiy bo‘yoqdorlik jihatdan leksemalar qanday guruhlarga ajratiladi? Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf leksemalar va betaraf bo‘lmagan (bo‘yoqdor) leksemalar qanday farqlanadi? Emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor leksemalardan nutqda qanday maqsadlarda foydalaniladi? Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi qanday usullarga asoslanadi? Ekspressivlikni ifodalashning quyidagi usullari haqida ma’lumot bering: leksik usul; kontekstual usul; affiksatsiya usuli; fonetik usul; leksemani metaforik qo‘llash usuli. Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling