O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet224/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Umumnutq leksemalar. Bunday leksemalar nutqning barcha turlarida bir xil darajada ishlatilish imkoniga egadir. Lug‘at boyligidagi leksemalarning ko‘pchiligi shu qatlamga mansub: zamonaviy qatlam leksemalari, ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaning aksariyati, shuningdek sinonimik qatorlardagi dominantalar, uslubiy bo‘yog‘i bo‘lmagan betaraf ma’noli leksemalar mazkur qatlam birliklari sanaladi.

II. Nutqning ma„lum ko„rinishlariga xoslangan leksemalar. Bunday
leksemalar nutqning biror turiga ko‘proq darajada xoslangan bo‘ladi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Adabiy nutqqa xoslangan leksemalar: a) rasmiy nutqqa xoslangan leksemalar: qaror, buyruq, ariza, bildirishnoma, nizom, tilxat, ishonchnoma, yo „- riqnoma, shartnoma, farmoyish va b.lar.Bunday leksemalar ma’nolarida —rasmiy nutqqa xoslik” semasi mavjuddir; b) ilmiy nutqqa xoslangan leksemalar. Bunday leksemalarning katta qismini soha terminlari tashkil etadi: gulkosa, gultoj, changchi, urug„chi, flora,tur, turkum, oila, sinf, tip (botanika terminlari); fonema, morfema, leksema, semema, sema, arxisema (tilshunoslik terminlari); sujet, kompozitsiya, rukn, vazn, kulminatsiya (adabiyotshunoslik terminlari) va boshqalar.Bunday leksemalar sememasida —botanika ilmiga oid tushunchalarni ifodalashga ixtisoslashganlik”, —tilshunoslik ilmiga oid tushunchalarni ifodalashga ixtisoslashganlik”, —adabiyotshunoslik ilmiga oid tushunchalarni ifodalashga ixtisoslashganlik” belgilari mavjud, ayni shu belgilar mazkur leksemalarning ilmiy nutqqa xoslanganligini ko‘rsatadi; d)badiiy nutqqa xoslangan leksemalar.Bu guruhga mansub lug‘aviy birliklar orasida ko‘chma ma’noli leksemalar ( gul -—yigitlarning guli”; ch „oqqi- —fan choqqisi”), ijobiy baho semalariga ega leksemalar (tabassum, mardonavor, chehra kabilar) ko‘pchilikni tashkil etadi.

  2. So „zlashuv nutqiga xoslangan leksemalar:a) jonli so‘zlashuvda ishlatiladigan oddiy leksemalar (qittay, jinday,daroz, ketvorgan); b)dialektizmlar (opoqi, opog„oyi, kallapo’sh, bolish, satil);d) jargonizmlar (loy, yakan, shotir); e) salbiy baho semasiga ega leksemalar(bashara,turq,tirjaymoq,ishshaymoq); f) vulgarizmlar (go„rso„xta, to„nka, so„tak, xumpar, maraz); g) laqablar (Bo„tqa, Burun, Qilich) va b.lar.

So‘zlashuv nutqida ba’zan o‘zbek tiliga o‘zlashmagan, demak, o‘zbek tili birligi darajasiga yetmagan boshqa til leksemalari (alkash, bratan, molodes kabi varvarizmlar) ham qo‘llanadi.

  1. Leksemalaning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida ham nutq ko„rinishlariga xoslanish holatlari bo„lib turadi:

1. So‘zlashuv nutqida, ayniqsa, oddiy (jonli) so‘zlashuvda:

  1. leksema, leksemashakllar (grammatik formalar) va so‘z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba‘zan bir necha tovush) tushib qoladi: obor (aytvor (pasqam (pastqam), bolla (bolalar), mashu (

  2. ba’zi tovushlarning leksema tarkibidagi o‘rni almashadi (leksema yoki leksemashaklmimg metatezaga uchragan ko‘rinishi qo‘llanadi): turpoq (< tuproq), tervat (tebrat), to ‘rg‘amoq (< to‘g‘ramoq) kabi;

  1. bir tovush o‘rnida boshqa tovush (fonemaning fakultativ varianti) qo‘llanadi: kegin (shoyi (ko ‘ynak (qalmoq (

  2. leksema boshida, o‘rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: o„ris (ishkop (tanka (banka (

  3. leksema tarkibidagi ayrim unlilar uslubiy maqsadda cho‘ziladi: ho-o-zir, ka-a-a-atta, ayta qo-o-l, jo-o-onim kabi;

  4. leksema tarkibida bir xil undoshlar qavatlantiriladi, bunda leksik urg‘uning o‘rni ham ko‘pincha o‘zgartiriladi, shu tariqa leksemaning ma’nosida ta’kidlash, erkalatish, yalinish, ma’noni kuchaytirish kabi ottenkalar ifodalanadi: maza-mazza, yasha-yashsha kabi;

  5. so‘zlashuv nutqida kishi nomlarining, leksema yoki so‘z birikmalarining qisqartirib talaffuz qilinishi ham uchrab turadi:Dilor(Muqad(Guli(Dilfuz(kilo ( marshrutka metro (

  6. fe’l leksemalarning -b(-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh shakli hamda "-gan" affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan birga kelganda morfemalarning "-uvdi", "-ovdi", "-gandi" shakllarida qo‘llanish hollari ham uchrab turadi: aytuvdi (boruvdi (yozuvdi (aytgandi (borgandi (yozgandi (

y) leksemalarning sub’yektiv baho shakllariga keng o‘rin beriladi: akajon, Lolaxon, dadamlar, yigitcha, qizaloq kabi.
Nutq ko„rinishlariga xoslangan leksemalarning
badiiy asar tilida qo„llanishi

Leksemalarning nutq ko‘rinishlariga xoslanishi haqida gap ketganda, ularning badiiy asar tilida qo‘llanishini alohida baholash kerak bo‘ladi, chunki badiiy nutq bilan badiiy asar tili bir hodisa emas: badiiy nutq adabiy nutqning bir ko‘rinishi, u albatta adabiy til me’yorlariga bo‘ysundiriladi; badiiy asar tilida esa adabiy til me‘yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi: badiiy asardagi obraz va personajlar tilining tipiklashtirilishi shuni taqozo qiladi, demak, badiiy nutq badiiy asar tilining yetakchi komponenti, ammo yagona komponent emas. Unda badiiy nutq bilan parallel ravishda, asardagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda rasmiy nutq, ilmiy nutq va so‘zlashuv nutqi birliklaridan, shuningdek, umumnutq qatlam leksemalaridan ham foydalaniladi: muallif nutqi, muallif tili shaklida berilayotgan bayon va izohlar, asosan, adabiy til va adabiy nutq me‘yorlariga tayanadi (leksemalarning tanlanishi ham shunga asoslanadi), obraz va personajlar tilida esa funksional uslubning barcha turlariga murojaat etiladi.
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Nutq nima? Uning qanday turlari bor?

  2. Adabiy va so‘zlashuv nutqlari qanday farqlanadi?

  3. Qanday leksemalar umumnutq qatlam birliklari sanaladi?

  4. Qanday leksemalar nutqning ma‘lum turiga xoslangan hisoblanadi?

  5. Rasmiy, ilmiy va badiiy nutqlarda qo‘llanishga xoslangan leksemalarning ma’nolaridagi o‘ziga xosliklarni qanday tasavvur etasiz?

6.So‘zlashuv nutqida qo‘llanishga xoslangan leksemalar, ularning ma’no xususiyatlari haqida ma‘lumot bering.

  1. Badiiy nutq va badiiy asar tili qanday farqlanadi?

  2. Nutqning u yoki bu turiga xos bo‘lgan fonetik va grammatik belgi- xususiyatlar haqida gapiring.

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling