Umumnutq leksemalar-nutqning barcha turlarida bir xil darajada ishlatilish imkoniga ega leksemalar. Lug‘at boyligidagi leksemalarning ko‘pchiligi shu qatlamga mansub.
Adabiy nutqqa xoslangan leksemalar-adabiy til me’yorlariga mos bo‘lgan leksemalar.Rasmiy nutq, ilmiy nutq va badiiy nutqqa xoslangan leksemalar shu guruh birliklari sanaladi.
Rasmiy nutqqa xoslangan leksemalar.qonun, farmon, qarorlar hamda turli ish qogDozlari mazmuniga xoslik semalari bilan ajralib turadigan leksemalar. Bunday leksemalar ma’nolarida —rasmiy nutqqa xoslik” semasi faol belgi sanaladi.
Ilmiy nutqqa xoslangan leksemalar - leksik ma’nosida ilmning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni nomlovchi semalari bor bo‘lgan betaraf ma’noli leksemalar. Bunday leksemalar muayyan soha uchun ixtisoslashgan bo‘ladi.
Badiiy nutqqa xoslangan leksemalar -badiiy tasvirga xoslanganligi bilan ajralib turadigan leksik birliklar.Ularning orasida ko‘chma ma’noli yoxud ijobiy baho semali leksemalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
So„zlashuv nutqiga xoslangan leksemalar - fikr ifodasi ancha erkin bo‘lgan jonli so‘zlashuvda qo‘llanishga xoslangan leksik birliklar. Ular oddiy leksemalar, dialektizmlar, jargonizmlar, vulgarizmlar va salbiy baho semali leksemalarni o‘z ichiga oladi.
Adabiyotlar: 10[213-216],34[165-173], 28(99-105), 29 (108-114)
6.Frazeologiya
6.1.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi frazemalar haqida ma‘lumot beradi.
Frazema - ikki va undan ortiq leksemaning semantik-sintaktik birlashuvidan tarkib topgan, shaklan birikma yoki gapga teng bo‘lgan, ko‘chma ma’noli turg‘un (barqaror) qurilma. U frazeologik ma’no ifodalovchi lug‘aviy birlik sanaladi.Masalan, zo„raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) - azob chekmoq(frazema) xursand (leksema) - og„zi qulog„ida (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi, ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |