Frazeologik sinonimlar - bir ma‘no asosida birlashgan sinonimlar.
Uslubiy bo„yoq - frazemalarning ijobiy yoki salbiy baho ifodalovchi semalari.
Frazeologik variatsiya - bitta frazemaning ikki xil ko‘rinishi.
Leksik-frazeologik sinonimlar - leksema va frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar.
Leksik-frazeologik antonimlar - leksema va frazema orasidagi ma‘no ziddiyatiga asoslangan antonimlar.
Adabiyotlar:10[221-224],28 (426-446), 30(171-196), 33 (131-133)
6.3.Frazemalarning ishlatilish doirasi va
zamoniyligi
Frazemalarning ishlatilish doirasi
O‘zbek tili frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo‘lishi mumkin.
1.Ishlatilish doirasi chegaralanmagan frazemalar millat vakillarining
barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo‘llanadi, barchaga tushunarli bo‘ladi: ikki gapning birida, ko „ngliga qilsig‘maydi, ter to „kmoq, g„azabi kelmoq kabilar shular jumlasidandir.
2.Ishlatilish doirasi chegaralangan frazemalar, asosan, muayyan dialekt yoki sheva birligi bo‘lib, umumtil va adabiy til doiralarida qo‘llanmaydi. Masalan, qipchoq lahjasi shevalarida qo‘lini moylab kelmoq (ma‘nosi: "xohlamay, loqayd ishlamoq"), ayroni achimas (ma‘nosi: "loqayd", "beparvo"), jiydaning ostidan o‘tmoq (ma’nosi: "esini yo‘qotmoq", "miyasi aynimoq"), qulog‘i ostida qolmoq (ma’nosi: "o‘lmoq", "vafot etmoq") frazemalari uchraydi.124
Ba’zan, umumtil frazemalarining u yoki bu shevadagi varianti (ko‘rinishi) ham uchraydi: Qo‘yniga qo‘l solib ko‘rmoq (umumtil frazemasi)-ichiga qo‘l solib ko‘rmoq (dialektal variant), chillaki chillakini ko‘rib chumak uradi (umumtil frazema)-chilgi chilgini ko‘rib chumak uradi (dialektal variant) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |