O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet229/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Umumiylik: 1) ikkalasi ham turg‘un, barqaror qurilma ; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko‘chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy bo‘yoq (uslubiy sema) bo‘ladi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qo‘llanadi.
Farqlari: 1) frazeologik butunlik tarkibidagi leksemalarning ma‘nolari frazemaning ko‘chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa leksemalar ma’nosi bilan frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o‘rtasida bunday aloqa yo‘q; 2) frazeologik butunlikning ma‘nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar sezilib turganligidan frazemaning ma’nosi ko‘p qirrali, boy bo‘ladi. Frazeologik chatishma ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi leksemalarning ma’nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so‘ngan bo‘ladi.
Frazeologik monosemiya va polisemiya
Frazeologik monosemiya - frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo‘lishi. Chunonchi, ko‘ngliga qo„l solmoq frazemasining semantik tarkibida "yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq" ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo‘q: "Rizaning yuragiga qo „1 solib ko „rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo„ldi." (R.F.). "Kechagi ishdan maqsadim u yerdagi xotinlarning ko„ngliga qo„l solib ko„rish, undan keyin o„zimga ba„zi bir ishonchliroqlarini tanlab olish edi." (S.Z.). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko’ngliga qo„l solmoq frazemasining variatsiyasi - "yuragiga qo„l solib ko„rmoq" ishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no - "yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq" nazarda tutilgan.
Frazeologik polisemiya - frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo‘lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) "Behud bo‘lmoq" ma’nosi: "stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. "Muncha darmonsiz bo„lmasam",- o„yladi u". (S.Z.); 2) "Esankiramoq" ma‘nosi: "...muloyim qarab qo„yishlarini, ...jilmayib gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi". (O.Yo.)
Leksemalarda bo‘lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko‘chish qonuniyatlariga asoslanadi.
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Frazema nima?

  2. Nima uchun frazema ko‘chma ma’noli turg‘un qurilma sanaladi?

  3. Frazemaning ifoda planini qanday tushunasiz?

  4. Frazemalar erkin birikmalardan va to‘g‘ri ma’noli turg‘un birikmalardan qanday farqlanadi?

  5. Frazemaning mazmun plani (semantik tarkibi) haqida ma’lumot bering.

  6. Frazeologik ma’no nima? U leksik ma’nodan nimasi bilan farqlanadi?

  7. Frazemaning semantik tarkibidagi uslubiy baho (stilistik bo‘yoq) haqida gapiring.

  8. Frazemalardan nutqda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  9. Frazemalarning semantik tarkibida turkumlik semalari bo‘ladimi?

  10. Frazemalarning o‘z va o‘zlashgan qatlamlari haqida ma’lumot bering.

  11. Frazemaning qanday semantik turlari bor?

12..Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma qanday farqlanadi?

  1. Frazeologik monosemiya va polisemiya hodisalari qanday farqlanadi?

  2. Polisemantik frazemalarning uslubiy xususiyatlarini qanday tushunasiz?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling