O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet237/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

2.Lingvistik (lisoniy) lug„atlarda leksema ma‘nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, lisoniy birliklar va tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug‘atlarda lison va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to‘plash maqsad qilinadi.
Lisoniy lug‘atlar ham dastlab ikki turga - umumiy va xususiy (maxsus) lug‘atlarga bo‘linadi:
a) u m u m i y l u g‘ a t l a r d a umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo‘llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug‘atlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli, izohli, izohsiz bo‘lishi mumkin. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (ikki tomli, 1981-y.),O‘zbek tilining izohli lug‘ati (5 tomlik: T.:“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008-y.,"O‘zbekcha-ruscha lug‘at" (1959), "Ruscha-o‘zbekcha lug‘at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
X u s u s i y (m a x s u s) l u g‘ a t l a r d a tilning lug‘at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo‘yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo’yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati" (M.D.Yagudaev, R.X.Mallin, 1952), "Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati" (M.Sobirov, 1952), "O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati" (A.Hojiyev, 1974), "Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati" (A.Hojiyev, 2002), "O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, 1978), "Imlo lug‘ati" (Olim Usmon, 1949), "O‘zbek tilining imlo lug‘ati" (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "O‘zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, 1984), "O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati" (Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurov, 1980), "Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiyev, O‘.Pratov, H.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda o‘zbek tilida yana bir qator yangi lug‘atlar yuzaga keldi: "Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at-ma’lumotnoma" (N.Mahmudov, 1990), "O‘zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, 1-jild-2000-y.; 2-jild-2003 y.; 3-jild-2009-y.), "O‘zbek tilining imlo lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), "O‘zbek tili tasviriy
ifodalarining izohli lug‘ati" (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), Hozirgi o‘zbek tili faol so’zlarining izohli lug‘ati (A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronov, 2001), "Turkcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha- turkcha lug‘at" (Nizomiddin Mahmud, Ertug‘ul Yaman, 1993) shular jumlasidandir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling