O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet231/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Frazeologik paronimiya - tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga shaklan o‘xshaydi, ammo bir xil bo‘lmaydi: 1. Yetti uxlab tushiga kirmaslik - «mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik» 2. Yetti uxlab tushida ham ko ‘rmaslik - «hech qachon ko‘rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va "ko‘rmaslik" leksemalari talaffuzida (ma’nosida emas, albatta) o‘xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi. 123
Frazemalarning ma’no munosabatlariga ko„ra turlari
Frazemalarning ma’no munosabatlari asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi.
Frazeologik sinonimiya - bir necha frazemaning bitta frazeologik ma‘no atrofida birlashib kelishi. Masalan: 1) pixini yorgan - «ayyor», 2) ilonning yog‘ini yalagan - «ayyor» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha - «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha - «Juda katta farq» kabi.
Leksik sinonimiyada bo‘lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog„ini yalagan frazemalari «ayyor» ma‘nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» ma‘nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda.
Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo‘yoq, odatda, bo’rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda - voqelikni nomlashda uni o‘tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo‘lishini ta‘minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botirning achchig„i keldi, buni Bo„ston sezdi (S.N.). 2) Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib
yubordi. (S. An.).
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko‘proq har bir tilning o‘z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug„igacha. - Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig„maydi. - Sevinchi ichiga sig„maydi kabi. Boshqa tildan frazema o‘zlashtirish juda passiv bo‘lganligidan, o‘zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi.
Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiyadan farqlash kerak: frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma‘no atrofida birlashadi, demak, bitta sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta frazemaning ichki ko‘rinishlari nazarda tutiladi, bunday ko‘rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) ko„z yummoq; 2) bandalikni bajo keltirmoq; 3) jon bermoq. Bu uch frazema bitta ma’noni - «vafot etmoq» ni bildiradi, shunga ko‘ra bitta sinonimik qatorga birlashadi. Qo„lini bigiz qilmoq va barmog„ini bigiz qilmoq qo’shilmalari esa ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko‘rinishi, xolos. Bu frazema tarkibidagi "qo‘l" va "barmoq" leksemalari o‘rtasida sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chishi (butun va qism munosabati) bor, bu hol "qoT' leksemasi o‘rnida "barmoq" leksemasining qo‘llanishiga yo‘l ochgan, ammo bir frazema o‘rnida butunlay boshqa frazema yuzaga kelmagan, shunga ko‘ra ular bitta frazemaning ichki ko’rinishlari - variatsiyalari sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar: Kiprik qoqmaslik.- Mijja qoqmaslik (bir frazemaning ikki varianti, chunki "kiprik" va "mijja" leksemalarida bitta obraz mujassam).
Ba‘zan leksema bilan frazema bir sinonimik qatorga birlashadi: qaramoq (leksema) - ko„z qirini tashlamoq (frazema), xursand (leksema) - boshi osmonda (frazema) kabi. Bular leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksik-frazeologik sinonimlar qatorida leksema dominanta sanaladi. Demak, lug‘aviy sinonimlar uch xil bo‘ladi:1) leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat leksemalar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat frazemalar birlashadi); 3) leksik-frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda leksema va frazemalar birlashadi).

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling