Monosemiya-bir ma’nolilik hodisasi.
Polisemiya-ko‘p ma’nolilik hodisasi.
Metafora yo„li bilan ma’noning ko„chirilishi-predmetlar, hodisalar o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida ma’noning ko‘chirilishi.
Vazifadagi o„xshashlik asosida ma’noning ko„chirilishi- narsa-hodisalarning bajaradigan vazifasidagi o‘xshashlik asosida ulardan birining nomini ikkinchisiga nisbatan qo‘llash.
Metonimiya yo„li bilan ma’noning ko„chirilishi-narsa-hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik asosida ma’noning ko‘chirilishi.
Sinekdoxa yo„li bilan ma’noning ko„chirilishi-butunning nomi bilan qismning yoki, aksincha, qismning nomi bilan butunning atalishi orqali yuz beradigan ma’no kochirilishi.
Adabiyotlar:7 (.49-67), 10 (155-161), 28(55-63),29 60-68), 20(67-78),33(.90-93).
Leksik ma’no tiplari
Leksik ma’nolarning guruhlanishi
Leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga - hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’nolar
Hozirgi leksik ma’nolar til taraqqiyotining hozirgi bosqichida leksema mazmunida mavjud bo‘lgan ma’nolardir.Bunday ma’nolar tavsifiy (sinxron) semasiologiyaning tadqiqot predmeti bo‘ladi.
Hozirgi leksik ma’nolar o‘z navbatida bosh ma’no va hosila ma’no kabi tiplarga bo‘linadi, ular kontekst talabiga ko‘ra to’g’ri ma’no va ko’chma ma’no, nominativ (nomlovchi) ma’no va majoziy ma’no, erkin ma’no va bog’langan ma’no nomlari bilan ham ataladi. Tilda leksik polisemiya ana shu bosh va hosila ma’nolar tizimiga asoslanadi. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da (67, -136-138) bosh leksemasining 15 ta ma’nosi va yana bir necha ideomatik ma’nolari (frazemalar tarkibidagi qo‘llanishi) izohlangan: I.Tananing bo‘yindan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi... 2. Ko‘chma s.t. Aql-xush, m/w.3.Bosliliq, rahbar.
Yaxshi yigit- davraning boshi... 4.Sft. Boshchilik, rahbarlik qiluvchi, eng katta yoki yuqori. Bosh vrach... 5. Sft. Eng muhim, asosiy. Bosh masala. 6. Sft. Eng oldingi, birmchi. Bosh kelin... 7. Ko‘chma.Odam, kishi. Bir boshga bir o‘lim... 8.(Snq sonlar bilan) chorva hisobida har bir adad jonivor. O„n bosh ot. Ikki bosh qo„y. 9. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho‘qqisi. Shamol bo’lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi. va b.lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |