O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet189/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Ma’noning ko„chishi - bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo‘lishi. Bunday ko‘chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to‘g‘ri) ma’nosi “o‘pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo”dir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi “havo”ni emas, “gap”ni va “niyat”ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap, fikr-niyat o‘rtasidagi ana shu aloqa va bog‘lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma’no ko‘chishlariga sabab bo‘lgan.
Tilda ma’no ko‘chishining quyidagi turlari bor:

  1. M a ‘ n o m e t a fo r a y o l i b i l a n k o‘ c h i r i l a d i:

  1. ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o‘rtasidagi shakily o‘xshashlik asosida: burun (—odamning burnu’”- bosh leksik ma’no)- burun (—choynakning burni ”- hosila ma‘no);

  2. ikkita belgi-xususiyat o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida: tez (“oz vaqt ichida, darrov” - bosh leksik ma’no: majlis tez tugadi) - tez (“darrov achchiqlanadigan, jizzaki” - hosila ma’no: tez odam); cho „qqi (“tik narsalarning eng yuqori nuqtasi” -bosh leksik ma’no: tog„ning cho„qqisi)-cho„qqi (—erishilgan yoki erishilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori pog‘ona,daraja, ko‘rsatkich”- hosila ma’no: ilm-fan cho „qqisi; baxt cho „qqisi);

  1. narsa-predmetlarning u yoki bu qismlarini o‘rin nuqtayi nazaridan o‘xshatish asosida: bosh (“tananing bo‘yindan yuqoridagi qismi”- bosh leksik ma’no: odamning boshi) - bosh (“tik narsaning tepa qismi”-hosila ma’no: shamol bo „lmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi);

  2. bajarilgan yoki bajariladigan ish-harakatlar o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida: urmoq (“qo‘l yoki biror predmet vositasida zarba bermoq”- bosh leksik ma’no: Bektemir miltiq qo„ndogi bilan uning peshanasiga bir urdi)- urmoq (“tanqid qilmoq”- hosila ma’no: Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi).

  1. M a ‘ n o v a z i f a d a g i o‘ x s h a s h l i k a s o s i d a k o ‘c h i r i l a d i (funksional ko‘chirish): tomir (anat. “qon tomirlari” - bosh leksik ma’no) - tomir (biol. “o‘simlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to‘qima naychalar” - hosila ma’no). Tomir leksemasining semantik tarkibidagi bu ikki ma’no shu leksema bilan atalayotgan “qon tomirlari” va “o‘simlik tanasidagi to‘qima naychalar” bajarayotgan vazifadagi o‘xshashlikka asoslangan: har ikki holatda ham ular (tomir va naychalar) tirik organizm uchun kerakli moddalarning butun tana va to‘qimalar bo‘ylab tarqalishi uchun xizmat qiladi.

Vazifadoshlik asosida ma’noning ko‘chirilganligini quyidagi leksemalar mazmunida ham kuzatish mumkin: o„q (“nayzaning oqi”- bosh leksik ma’no)-o„q (“miltiqning o„qi”- hosila ma’no)-o„q (“zambarakning o„qi”-hosila ma’no);

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling