O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- tulki
- Tekshirish savollari
- Tayanch tushunchalar
Vazifa semasi.Bu sema leksemaning nutqda boshqa leksemalar bilan birika olishini (valentligini), shu asosda uning gapda turli sintaktik-grammatik vazifalar bajarishini ta’minlaydi93. Tilshunos M. Hakimovaning fikricha, “semema tarkibida denotativ va konnotativ semalar bilan bir qatorda vazifa semasining ajratilishi to‘g‘ri emasdek ko‘rinadi. Zero, vazifa bajarish yoki birika olish leksik ma’noning imkoniyatidir, ammo uning tarkibiy qismi emas”94
Yuqoridagi ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, vazifa semasi haqidagi qarashlarda hozircha yakdil bir fikr yo‘q. Bu masalaga oydinlik kiritish semasiolog- tilsnunoslarning navbatdagi vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Nutqiy jarayonda semema uzvlarining (semalarning) faollik darajasi ham o‘zgarib turadi.Bunday o‘zgarish kontekst, nutqiy maqsad talabiga mos ravishda yuz beradi: betaraf mazmunli nutqda sememaning denotativ semasi faol bo‘ladi, konnotativ semalar esa passivlashadi (kuchsizlanadi),ekspressiv nutqda, ayniqsa uning turli uslubiy maqsadlarga yo‘naltirilgan ko‘rinishlarida esa sememaning denotativ semasi kuchsizlanib, konnotativ semalari kuchayishi mumkin. Masalan, tulki leksemasining bosh sememasida( bosh leksik ma’nosida) “hayvon”, “sutemizuv-chi”, “yirtqich ”, “itlar turkumiga mansub”, “tumshug‘i uzun”, “dumi mayin va uzun” kabi denotativ semalar, hosila sememasida esa “o‘taketgan ayyor”, “makkor” ma’nosidagi konnotativ semalari mavjud bo‘lib, nutqdagi fikr hayvonning o‘ziga qaratilgan bo‘lganda, mazkur leksemaning bosh sememasidagi denotativ semalar faollashadi, hosila sememalar semalari esa passivlashadi;bu leksema odamga nisbatan qo‘llangan kontekstda esa, aksincha, hosila semema semalari (konnotativ semalar, baho semalari) faollashib, denotativ semalar passivlashadi.Ayni shu holat leksemalarning lug‘aviy konteksti va valentlik imkoniyatlarini ham belgilab beradi.(Bu haqda tegishli mavzularga qarang). Leksik ma’noni (sememani) tarkibiy qismlarga - semalarga parchalab tadqiq qilish semasiologiyada komponent tahlil metodi, semik tahlil metodi nomlari bilan atab kelinmoqda. Tekshirish savollari Leksemaning ichki tomoni nimalardan tarkib topadi? Leksemaning ichki tomonidagi asosiy hodisa nima? Leksik ma‘noni qanday tushunasiz? Leksema bilan leksik ma’no o‘rtasidagi butun-bo‘lak munosabatini qanday tasavvur etasiz? Leksik ma’no va fonetik so‘z o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bormi? Leksik ma’noga xos denotativ va signifakativ ma’nolar qanday farqlanadi? Leksik ma’no va tushuncha o‘rtasidagi munosabatlarni qanday tasavvur etasiz?Nima uchun leksik ma‘no lisoniy kategoriya, tushuncha esa logik kategoriya sanaladi? 8.Semema va semalar o‘zaro qanday aloqada? 9.Semema tarkibida qanday semalar bo‘ladi? Denotaiv va konnotativ semalar qanday farqlanadi? Vazifa semasi haqida qanday fikrlar bor? Komponent tahlil metodi (semik tahlil metodi)ni qanday tushunasiz? Bu metodning qanday ahamiyati bor? Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling