O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paronimlarning nytqda uslubiy vosita sifatida qo„llanishi (paronomaziya)
- Tekshirish savollari
- Tayanch tushunchalar
Paronimlar: shahid va shohid (fonemalar miqdori teng, ammo talaffuzi teng emas, o‘xshash); asr va asir (talaffuzi bir-biriga yaqin, ammo fonemalar miqdori teng emas).
Paronimlar talaffuzi o‘zaro o‘xshash bo‘lgan bir necha leksemadir; so‘z variantlari esa bir leksemaning jonli so‘zlashuvdagi turli ko‘rinishlari,xolos: tomosha va tamosho,do„ppi va to„ppi, gado va gadoy, shohi va shoyi kabi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tilshunoslikda paronimiya hodisasining izchil mezonlari yetarli darajada ishlanmagan, shuning uchun bir xil hodisaga har xil baho berish holatlari tez-tez uchrab turadi. Demak, masalaning muammoli jihatlari hali anchagina bor, ularni maxsus tadqiq qilish tilshunoslikning navbatdagi vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Paronimlarning nytqda uslubiy vosita sifatida qo„llanishi (paronomaziya) Paronimlarning nutqda, ayniqsa, badiiy matnda o‘ziga xos uslubiy ahamiyati bor: paronimlarning tovush tarkibidagi o‘xshashlik, bir-biriga yaqinlik ba’zan, qisman bolsa-da, shakl neytralizatsiyasiga olib keladi, oqibatda ayrim kishilar nutqida ularni farqlay olmaslik holatlari yuz beradi. Bunday holatni payqagan badiiy ijodkorlar (yozyvchilar, shoirlar, dramaturglar, notiqlar va b. lar) paronimlardan yoki paronimlarga o‘xshash holatlardan obraz va personajlarning ma’naviy dunyosini, nutqiy saviyasini tasvirlashda uslubiy figuralar sifatida foydalanadilar. Bu hodisa tilshunoslikda paronomaziya deb nomlanadi. “Charxpalak” videofilmidan keltirilgan quyidagi epizodda buni yaqqol sezish mumkin. Unda atrofiga laganbardor yugurdaklarni to‘plab olgan bir obro‘talab, mansabdor shaxs aroq ichishdan bosh tortgan raqqosa qiz Zulxumor Hamidovaga qarata shunday deydi: “Mayli, majbur qilmaymiz, bizga bu qizning sanoati juda ma’qul”.Bu nutqiy parchada sanoat so‘zi “san’at” leksemasi o‘rnida qo‘llangan bo‘lib, u jamiyatda uchrab turadigan ayrim shaxslarning tilga befarqligini ifodalash uchun xizmat qilgan. Demak, asar muallifi (Sharof Boshbekov) shu epizodni tasvirlashda san’at va sanoat leksemalaridagi talaffuz yaqinligidan juda o‘rinli foydalangan. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhoming —San’atkor” hikoyasida bo „sa va bo „lsa paronimlaridan uslubiy figura sifatida foydalanilganligining guvohi bo‘lamiz.Hikoyada nomi chiqqan ashulachi san’atkorning “bo‘sa” so‘zi o‘rnida “bo‘lsa” so‘zini qo‘llagani zalda o‘tirgan bir traktorchi tomonidan tanqid qilinadi.Bundan darg‘azab bo‘lgan san’atkor o‘ziga-o‘zi deydi: “labingdan bo‘lsa olsam, e shakarlab” deganim u kishiga yoqmapti, “bo‘lsa” emas, “bo‘sa” emish! O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar —bo‘sa, bo‘masa” deydi. Artist kulturniy odam - gapni adabiy qilib aytadi - “bo‘lsa, bo‘lmasa” deydi. Hikoyadan keltirilgan bu parchada bo„sa va bo„lsa paronimlaridan mohirona foydalanish “taniqli ashulachi san’atkorning” istehzoli obrazini yaratishga xizmat qilgan. Tekshirish savollari Qanday hodisa paronimiya sanaladi? Paronimlar va kvaziomonimlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni qanday tasavvur qilasiz? Paronimlar, omonimlar va omoformalar qanday farqlanadi? Paronimlar bilan so‘z variantlari o‘rtasidagi farqni qanday tushunasiz? Paronimiya hodisasining qaysi jihatlari hozircha o‘zining tugal yechimini topmagan? Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi? Paronomaziya nima? Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling