O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet179/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Xwlosfl.-leksemalaming bir tovush (fonema) bilan farqlanishi doimo paronimiyaga olib kelavermaydi.Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftlikdagi so‘zlarning) barchasini paronimlar deb baholashga to‘g‘ri kelardi.
Paronimiya hodisasi yasama leksemalarda ham uchraydi: yolqin va yorqin kabi, ammo bu hodisa o‘zbek tilida u qadar ko‘p emas.
Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo‘lmasligi ham mumkin, ammo ularning talaffuzida bir-biriga yaqinlik,o‘xshashlik sezilib turadi: amr (3 fonemali leksema) -amir (4 fonemali leksema), asr (3 fonemali leksema) -asir (4 fonemali leksema), abonent (7 fonemali leksema)-abonement (9 fonemali leksema), diplomat (8 fonemali leksema)-diplomant (9 fonemali leksema) kabi.
Paronimlar omonim, omoforma va so‘z variantlaridan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

  1. Paronimlarning talaffuzi bir-biriga yaqin, o‘xshash bo‘ladi (yuqoridagi misollar). Omonimlarning esa talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘ladi: o ‘t (“maysa”)-o ‘t (“olov”) kabi.

  2. Omofonlarda ham talaffuz bir xildir: tub va tup(yozuvda) -tup va tup (talaffuzda). Paronimlarda esa talaffuz teng emas, o‘xshash bo‘ladi: ganj va ganch kabi.

  3. Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo‘ladi, paronimlarda esa ular teng bo‘lishi ham, teng bo‘lmasligi ham mumkin. Qiyos qiling:

Omofonlar: yot ( 3 ta fonema)- yot (3 ta fonema), bop (: 3 ta fonema)-bop(3 ta fonema). Bularda fonemalar miqdori teng, leksemalar talaffuzi ham bir xil.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling