Xwlosfl.-leksemalaming bir tovush (fonema) bilan farqlanishi doimo paronimiyaga olib kelavermaydi.Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftlikdagi so‘zlarning) barchasini paronimlar deb baholashga to‘g‘ri kelardi.
Paronimiya hodisasi yasama leksemalarda ham uchraydi: yolqin va yorqin kabi, ammo bu hodisa o‘zbek tilida u qadar ko‘p emas.
Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo‘lmasligi ham mumkin, ammo ularning talaffuzida bir-biriga yaqinlik,o‘xshashlik sezilib turadi: amr (3 fonemali leksema) -amir (4 fonemali leksema), asr (3 fonemali leksema) -asir (4 fonemali leksema), abonent (7 fonemali leksema)-abonement (9 fonemali leksema), diplomat (8 fonemali leksema)-diplomant (9 fonemali leksema) kabi.
Paronimlar omonim, omoforma va so‘z variantlaridan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Paronimlarning talaffuzi bir-biriga yaqin, o‘xshash bo‘ladi (yuqoridagi misollar). Omonimlarning esa talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘ladi: o ‘t (“maysa”)-o ‘t (“olov”) kabi.
Omofonlarda ham talaffuz bir xildir: tub va tup(yozuvda) -tup va tup (talaffuzda). Paronimlarda esa talaffuz teng emas, o‘xshash bo‘ladi: ganj va ganch kabi.
Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo‘ladi, paronimlarda esa ular teng bo‘lishi ham, teng bo‘lmasligi ham mumkin. Qiyos qiling:
Omofonlar: yot ( 3 ta fonema)- yot (3 ta fonema), bop (: 3 ta fonema)-bop(3 ta fonema). Bularda fonemalar miqdori teng, leksemalar talaffuzi ham bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |