O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet176/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Omonimiya shakli bir xil bo‘lgan bir necha leksema o‘rtasida yuz beradi, polisemiyada esa bir necha ma’noga ega bo‘lgan bir leksema nazarda tutiladi.Demak, polisemiyada shakliy tenglik hodisasi yo‘q, chunki u bir leksemaning ichki formasiga tegishli hodisadir.

2.Omonim leksemalarning ma’nolari har xil bo‘ladi, bu ma’nolar o‘rtasida bog‘lanish yo‘q. Ko„p ma’noli leksemaning ma’nolari ham har xildir, ammo bu ma’nolar o‘rtasida semantik bog‘lanish bor. Qiyos qiling:
bo„z (1) - “gazlamaning bir turi”.
bo„z (2) -“o‘simlikning bir turi”.
Bular shakli bir xil, ammo ma’nolari har xil bo‘lgan ikkita leksema (omoleksemalar) hisoblanadi.
Bel-1) “ umurtqa pog„onasining pastki qismi”; 2) “odam gavdasining o„rta qismi”; 3) “biror predmetning o„rta qismi” (tog„ning beli).
Bunda bitta bel leksemasining uchta ma‘nosi berilgan, bu ma‘nolar o‘rtasida bog‘lanish mavjud.Demak, polisemiya bir leksemaning semantik tarkibidagi ma’no munosabatlariga asoslanadi
Leksik omonimiyaga yondosh hodisalar
Omofonlar-talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo‘lgan leksemalar: to„rt (—miqdor”) - tort (—konditer mahsuloti”); bob (talaffuzda: bop )- bop kabi.
Omograflar-yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo‘lgan leksemalar: soya (“quyosh nuri tushmagan joy”) - soya (“dukkakli o‘simlikning bir turi”. Bu so‘z “so‘ya tarzida talaffuz etiladi”), rom (“deraza romi”) -rom (“spirtli ichimlikning bir turi”) kabi.
Tilda urg‘usining o‘rni bilan farq qiladigan, ammo bir xil yoziladigan leksemalar ham bor: atlas (“material, matoning bir turi”) -atlas (geografik atlas), fizik (“fizik hodisa”) -fizik(“fizika mutaxassisi”) kabi. Bular urg‘u belgisi qo‘yilmay yozilganda omograflar sanaladi (chnunki yozuvdagi shakllari farqlanmaydi),urg‘u belgisi qo‘yilganda (atlas va atlas, fizik va fizik kabi grafik shakllarga kiritilganda) esa omograflar hisoblanmaydi (chunki yozuvda ular urg‘u belgisi bilan farqlangan).Biroq bunday holatlar tilshunoslikda maxsus nomga ega emas (q.:34,- 137; 112,-13).

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling