O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet173/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksik omonimiya leksemalarning ifoda tomonidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik hodisasidir. Masalan, o„t (“olov”)- o„t (“maysa”), kamar (“qayish, ko‘ndan ishlangan belbog‘”) - kamar (“daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur joy”) kabi.
Leksik omonimiyada ikki xil hodisa mavjud: omonimlar va omoformalar.
I.Omonimlar shakli bir xil, ma’nolari har xil (o‘zaro bog‘lanmagan) leksemalardir. (Yuqoridagi misollar).Ular omonim omoleksemalar deb ham ataladi. Bunday omonimlarning ko‘pchiligi bir so‘z turkumiga mansubdir, shu sababli ularning nutqdagi grammatik shakllari ham bir xil bo‘lish imkoniga ega. Qiyos qiling: ot (1) -—ism” - otim, oting, oti; otni,otning, otga... kabi va ot (2)-“hayvon” - - otim, oting, oti; otni,otning, otga. kabi.
Leksemalar ba’zan alohida turkum so‘zlari, masalan, modal so‘zlar bilan ham omonimik munosabatda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda omonimik munosabatga kirishayotgan so‘zlar shakllanish tizimiga ega bo‘lmasliklari kerak. Masalan, tabiiy(1) -sifat va tabiiy (2)-modal so‘z: 1) U tabiiy fanlarga ko„proq qiziqadi. (Tabiiy - sifat.) -2)So„zamol, badavlat qori tog„aning birdan ko„z yumib sukutga botishiningsababini, tabiiy, Yo„lchi tushunmadi. (Tabiiy - modal so‘z.)


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling