O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksemaning ichki (ifodalanuvchi) tomoni Leksemenaning semantik tarkibi
- nimanidir nomlaydi(denotativ ma’no)
- 2) ma’lum ma’no anglatadi(signifikativ ma’no
- Demak, leksik ma’no fonetik birliklardan tarkib topgan ifodalovchiga (yoki bir necha ifodalovchiga) shu til egasi bo„lgan jamoa tomonidan biriktirilgan bo„ladi
- Leksik ma’noning semantik tarkibi
Paronimiya-ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi.
Kvaziomonimlar-bir fonemasi bilan farqlanadigan ikkita so‘z: bir va bur kabi.Ular tilshunoslikda minimal fuftlkdagi so„zlar deb ham yuritiladi va muayyan tilning fonologik sistemasini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. So„z variantlari -bir leksemaning til va nutqdagi turli ko‘rinishlari: aroba va arava,doppi va toppi kabi. Paronomaziya -jonli so‘zlashuvda paronim leksemalarni farqlamaslik (shakl neytralizatsiyasi) hodisasidan badiiy nutqda uslubiy figura sifatida foydalanish. Adabiyotlar: 10(177-184), 28 (22-46), 29 (24-50) Leksemaning ichki (ifodalanuvchi) tomoni Leksemenaning semantik tarkibi Leksemaning ichki tomonida bitta yoki bir nechta ifodalanuvchi mavjud bo‘ladi, har bir ifodalanuvchi shu leksemaning leksik ma'nosi sanaladi.Leksik ma’no yoki ularning yig‘indisi leksemaning semantik tarkibini tashkil etadi. Chizmaga qarang: Leksik ma’no leksemaning semantik tarkibidagi asosiy hodisa bo‘lib, u voqelikka nisbatan belgilangan lug‘aviy mazmunni tashkil etadi.Bunday lug‘aviy mazmun (leksik ma‘no): 1) nimanidir nomlaydi(denotativ ma’no): qo„y leksemasining denotativ ma‘nosi uy hayvonining bir turini, qizil leksemasining denotativ ma’nosi rang-tusning bir xilini, shirin leksemasining denotativ ma’nosi maza-ta’mning bir xilini, sevgi leksemasining denotatv ma’nosi his-tuyg‘uning bir ko‘rinishini nomlagani kabi. Demak, denotativ ma’no deganda leksema ma’nosi tomonidan nomlanayotgan voqelikning o‘zi (narsa,hodisa, belgi, harakat kabilar) nazarda tutiladi; 2) ma’lum ma’no anglatadi(signifikativ ma’no): bunday ma’no real voqelikning o‘zini emas, balki uning inson ongidagi in’ikosini, “obrazi”ni anglatadi: “qovun ” - qovunning barcha turlari va xillariga xos asosiy belgilarini inson miyasida umumlashtirgan lisoniy ma’no(signifikativ ma’no); “tarvuz”- tarvuzning barcha turlari va xillariga xos asosiy belgilarini inson miyasida umumlashtirgan lisoniy ma’no (signifikativ ma’no).Leksemaning ayni shu ma’nosi tushunchaga zamin hozirlaydi, unga poydevor bo‘ladi. Rus tilshunosi B.N.Golovin bu haqda shunday degan edi: so‘z va uning ma’nosi birgalikda inson ongida tushunchani shakllantiradi.Demak, so‘zni tushunchaning tildagi belgisi (знак понятия) deyish mumkin (Головин Б.Н.Введение в языкознание. - М.: «Высшая школа», 1977, с. 73.).92 Biroq so‘zning(leksemaning) ma’nosi bilan tushuncha bitta narsa emas, ma’no tushunchaning shakllanishida ishtirok etadi, unga poydevor bo‘lib xizmat qiladi, ammo leksemaning tarkibiy qismi bo‘lganligidan u til strukturasiga tegishlidir, tushuncha esa, garchi leksema va uning ma’nosi bilan aloqada bo‘lsa-da, inson tafakkurining mahsuli sifatida logik kategoriya hisoblanadi. Masalan, shox-shabbali, ko‘p yillik o‘simlik haqidagi tushuncha barcha millat vakillari ongida bir xil bo‘lsa-da, uning shakllanishida poydevorlik vazifasini bajargan leksemalar har xildir: o‘zbek tilida daraxt, rus tilida derevo, nemis tilida der Baum. Shuning uchun daraxt so‘zining ma’nosini nemis va rus bilmaydi, o‘zbek esa der Baum va derevo leksemalarining ma‘nolarini anglay olmaydi (agar shu tillardan xabari bo‘lmasa), bunday holat ulardan birining (tushunchaning) logik kategoriya ekanligidan, ikkinchisining (leksema va ma‘noning) esa lingvistik kategoriya ekanligidan kelib chiqadi: leksema va uning ma’nolari qaysi tilga mansub bol„sa, o„sha til sistemasi ichida qaraladi, shuning uchun bir tushuncha nomi turli tillarda turlicha bo„lishi bilan birga, ularning ma’nolarida anchagina tafovutlar ham uchraydi: bosh (o‘zb.) va golova (rus.) leksemalarining asosiy (to‘g‘ri) ma’nolari o‘zaro tengdir, ammo o‘zbek tilidagi bosh leksemasining ko‘chma ma’nolari - “ko‘chaning boshi”, “o‘choq boshi”, “daryo boshi” birikmalarida reallashgan ma’nolari ruscha golova leksemasining mazmun tomonida (semantik tarkibida) yo‘q. Bu faktlar leksik ma’nolar va ular o‘rtasidagi munosabatlar til sistemasi ichidagi struktura elementlari ekanligidan, shu sababli ularning voqelanishi ham har bir tilning o‘z imkoniyatlariga tayanishidan dalolat beradi. Leksik ma’no leksemaning tashqi tomoni (ifodalovchisi, nomemasi) bilan tarixan bog‘langandir, ammo bundan ma’no va tovushlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bor degan xulosa chiqmasligi kerak, chunki tovush - ma’nosiz birlik, fizik-akustik hodisa, ma’no esa mavhum umumlashmadir. Tovushlar bilan ma’no o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bo‘lganda edi, bir ma’no tilda bitta leksema bilan ifodalanardi, as lida esa tilda bir ma’noning bir necha leksema bilan nomlanish hollari ham uchraydi: kulgi va xanda, yolg„onchi va aldamchi, chelak va satil kabi sinonimlarning borligi buning isbotidir.Demak, leksik ma’no fonetik birliklardan tarkib topgan ifodalovchiga (yoki bir necha ifodalovchiga) shu til egasi bo„lgan jamoa tomonidan biriktirilgan bo„ladi. Buni quyidagicha tavsiflash mumkin: borliqdagi narsa-hodisalar sezgi a’zolarimiz orqali ongimizga ta’sir qiladi, natijada inson ongida shu narsa- hodisalarning in’ikosi (obrazi) qoladi, unga nom tarzida biriktirilgan so‘zning shakli ham ongimizda (til xotiramizda) o‘z aksini topadi. Shunday qilib bu ikki hodisa - predmet in’ikosi va so‘z obrazi o’rtasida doimiy, barqaror aloqa o’rnatilib, bir butun birlik yuzaga keladi: har safar narsa-hodisani ko‘rganda yoki sezganda,ongimizda shu narsaning in’ikosi bilan birga, uning nomi bo‘lgan so‘z ham gavdalanadi yoki,aksincha, so‘zni eshitganda shu so‘z qiyofasi bilan birga u atagan narsa- hodisaning in’ikosi, obrazi tiklanadi. Ana shu ikki hodisa o‘rtasidagi doimiy aloqa, bog‘lanish leksik ma’no bo‘ladi (qarang: Головин Б.Н. Введение в языкознание. - М.: «Высшая школа», 1977, с. 71). Leksik ma’noning semantik tarkibi “Leksemaning semantik tarkibi” va —leksik ma’noning semantik tarkibi” tushunchalari o‘zaro teng emas. Ular o‘zaro butun-bo‘lak munosabatida ekanligi bilan farqlanadi: leksema tashqi va ichki formalar birligidan iborat butunlik, leksik ma’no esa shu butunlikning bir qismi, ayni paytda leksik ma’noning ham o‘z ichki uzvlari bor,demak u (leksik ma’no) leksemaga nisbatan bo‘lak (qism), o‘z ma’no uzvlariga nisbatan esa butunlik sanaladi. Qiyos qiling: Shahar (leksema) =1) Ifodalovchi tomoni (nomemasi) 5 ta fonema, 2 ta bo‘g‘in va 1 ta so’z urg‘sidan tarkib topgan fonetik so‘z + 2)ifodalanuvchi tomoni (leksik ma’nosi) esa “aholisi asosan sanoat,savdo,maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida, shuningdek,boshqaruv,fan, madaniyat shoxobchalarida mashg‘ul bo‘lgan yirik aholi punkti” mazmunli sememadir. Mazkur leksik ma’noning (sememaning) o‘zi quyidagi semalardan tarkib topgan: a) yirik aholi punkti; b)sanoat va savdo markazi ; d) ilm-fan markazi; e) madaniyat markazi; f) boshqaruv markazi; g) “maishiy xizmat ko „rsatish markazi ”. Bu semalar yaxlit sememaning bo’laklari (ma’no qismlari) sanaladi. Quyidagi chizmaga qarang: Semalar ma’no xususiyatlariga va o‘zaro munosabatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling