Omonimlar va omoformalarning uslubiy vosita
sifatidagi tavsifi
Omonimlar va omoformalar nutqda o‘ziga xos uslubiy vosita rolini ham bajaradi - badiiy matn lingvopoetikasini ta’milaydigan omillar bo‘lib xizmat qiladi: she‘riy misralardagi qofiyalanish, tuyuq(tajnis) va askiya janrlarini shu omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Masalan:
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun Paxtasini ishlaydi har kun.
(H.O.) Uyimda kunduzi vaqt erdi choq tush, Yotib uyqumda ko‘rdim bir ajib tush.
Qo‘pol do‘q qildi bir mansabga mag‘rur,
Dedim: o‘pkangni bos, bir parda past tush.
(Hab.)
Yaxshilar insonning ko‘nglini bezar,
Yomonlar fe‘lidan odamlar bezar, Insonga oy olib bergandan ko‘ra, Kishi ko‘nglini to‘ldir- bekumush bezar.
(V Sa‘d.)
Tushma qallob to„riga,
O‘tqizsa ham to„riga.
Odam qovun emasdir Qarab bilsang to„riga.
(Z. Sh.)
Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.Omonimiya nima?
Lugaviy omonimlarning qanday turlari bor?
Leksik omonimiyaning turlari haqida ma‘lumot bering.
Omonimlar va omoformalar (omonim omoleksemalar va omoforma omoleksemalar) qanday farqlanadi?
5.Omonimlarning so‘z turkumlariga munosabati haqida ma’lumot bering.
6.Omonimlar qanday yuzaga kelgan?
7.Omonimiya va polisemiya qanday farqlanadi?
8.Omonimlarga yondosh bo‘lgan qanday hodisalar bor?
9.Omonim va omoformalarning uslubiy vositalar sifatidagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi?
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |