O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet175/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Omoformalarda negizga qo‘shilayotgan affikslar ham shaklan teng bo‘ladi, shunga ko‘ra bunday qo‘shimchalar omoaffikslar sanaladi. Qiyos qiling: o„ting (“-ing”- otning egalik kategoriyasiga mansub affiks) - o„ting (“-ing” - fe‘lning buyruq mayliga mansub affiks) kabi.
Omonim omoleksemalarning turlaninish va tuslanish sistemalariga
munosabati

Omonim omoleksemalar nutqda turlanib yoki tuslanib, leksemashakllarni hosil qiladi. Qiyos qiling: bog„ - 1 ( — mevazor”) va bog„ - 2 ( "beda bog„lami”). Bu ikki keksema nutqda turlanib, o‘zaro teng shakl (grammatik shakllarni) hosil qiladi:
bog„ - 1: bog„ni, bog„ning, bog„ga, bog„lar ... kabi.
bog„ - 2: bog„ni, bog„ning, bog„ga, bog„lar ... kabi.
Bunday tenglik omoforma omoleksemalarga ham xos fyuqoridagi misollar).Demak, nutqda omonimlar ham, omoformalar ham so„z formalari omonimiyasini yuzaga kelltirishi mumkin.
Omonimlarning yuzaga kelish sabablari

  1. Tilda shakli bir xil bo‘lgan leksemalar azaldan mavjud bo‘ladi: baqa (“qurbaqa”) va baqa (“suv tegirmonining parrakdan harakat olib, tegirmon toshini aylantiruvcyi metall qism”).

  2. Bir ma’noli leksemalarning leksik ma’nosi ko‘chishi ko‘p ma’noli leksemalarni yuzaga keltiradi, keyinroq bosh ma’no va hosila ma’no o‘rtasidagi bog‘lanish unutilib, bir leksema negizida ikkita boshqa-boshqa leksema paydo bo‘ladi: kun (“quyosh”) - kun (“sutka”) kabi.

  3. Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim leksemalar o‘zbek tilidagi u yoki bu leksemaga shaklan teng bo‘lib qoladi: toy (o‘zb.: —otning ikki yashardan kichik bolasi”) - toy (fors-tojikcha: —katta to„p qilib taxlab yoki bosib bog„langan mol va shu tarzdagi mol o„lchovi”).

  4. Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalar orasida shaklan teng bo‘lganlari ham mavjud bo‘lishi mumkin, ular o‘zbek tili leksikasi tarkibida omonimik munosabatga kirishadi: rasm (arabcha: —surat”) - rasm (arabcha —urf-odat”).

  5. Leksemalaring yasalishi ham ba‘zan omonimlarni keltirib chiqaradi: qo„noq (—tariq”) - qo„noq (qo„n + oq: —mehmon”) kabi.

Omonimiya va polisemiya
Omonimiya va polisemiya hodisalari o‘rtasida ma’lum tafovutlar bor.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling