Leksik paradigma -ma’nodagi o‘xshash (yoki umumiy) va farqli belgi- xususiyatlar asosida leksemalarning bir qatorga yoki guruhga birlashuvi.
Paradigmatika- tilshunoslikning tadqiqot aspektlaridan biri, unda til birliklari, shu jumladan leksemalar ham, ma‘lum paradigmalarning unsuri sifatida tekshiriladi.
Sintagmatika -tilshunoslikning tadqiqot aspektlaridan biri, unda til birliklari (shu jumladan, leksemalar ham) nutq zanjiridagi unsurlar sifatida o‘rganiladi.
Leksemalarning ierarxik munosabatlari - leksemalarning ma’nolalaridagi “keng va tor” yoki “butun va bo‘lak” tafovutlanish belgilariga asoslangan munosabatlar.
Leksema -ikki jihatli birlik -leksemaning tashqi (ifodalovch) va ichki (ifodalanuvchi) jihatlarga ega butunlik sifatida nomlanishi.
Leksemaning tashqi tomoni-leksemaning fonema,bo‘g‘in va urg‘udan (tub leksemalarda) yoki morfema, fonema, bo‘g‘in va urg‘udan (yasama leksemalarda) tarkib topgan tashqi formasi. Bu forma fonetik so„z, nomema nomlari bilan ham ataladi.
Leksemaning ichki tomoni -leksemaning leksik ma‘no yoki ma‘nolardan hamda har bir ma‘no tarkibidagi ma‘no uzvlari (semalar)dan tarkib topgan ichki formasi. U leksemaning mazmun jihatini hosil qiladi.
Adabiyotlar: 7(31-34, 68-75), 10 (144-150), 16 (174-183),17 (3-25), 20 (12-13, 15-27), 28(8288), 29(89-95), 47 (79 va 88-b.)
Leksemaning tashqi (ifodalovchi) tomoni
1.Leksemaning tashqi tomoni (ifodalovchisi) deyilganda,uning fonetik qobig‘i (fonemalar,bo‘g‘inlar va so‘z urg‘usidan tarkib topgan moddiy-material shakli) nazarda tutiladi.Masalan, quloq leksemasining tashqi tomoni 5 ta fonema (q,u,l,o,q) , 2 ta bo‘g‘in (qu-loq) va 1 ta so‘z urg‘sidan (qulfrq) tarkib topgan.
Tashqi tomoniga ko‘ra leksemalar o‘zbek tilida bir bo‘g‘inli (bir, uch, osh, tosh, oq kabi), ikki bo‘g‘inli (ota, ona, tog„a,ikki,olti, asta, sekin kabi) va ko‘p bo‘g‘inli (adabiyot, madaniyat, payshanba, yakshanba kabi) bo‘lishi mumkin. Ko‘p bo‘g‘inli leksemalarning ko‘pchiligi o‘zlashgan leksik qatlamga mansubdir.(Bu haqda o‘z va o‘zlashgan qatlam leksemalariga oid mavzularga qarang.)
Yasama so‘zlar ham leksemalashgan bo‘lishi mumkin.Masalan, ish (tub leksema), ishchi (yasama leksema), paxta (tub leksema), paxtakor (yasama leksema) kabi. Bunda yasama so‘z leksik sathga o‘tib, barqaror lug‘aviy birlikka aylangan bo‘lishi shart. Yasama leksemalarda o‘zak morfema va so‘z yasovchi morfemalar leksemaning tashqi tomoni (ifodalovchisi) sanaladi: ish+chi > ishchi, bosh+la (moq) > boshla(moq) kabi. Fonemalar esa o‘zak va affikslaming tashqi (ifoda) tomonini shakllantiradi : ish (
Leksik mazmunli juft va takroriy so‘zlar ham yaxlitlangan bir leksema hisoblanadi: katta-kichik (bitta leksema),bola-chaqa (bitta leksema), qozon-tovoq (bitta leksema) kabi.
Leksemaning tashqi (ifodalovchi) tomoni uning tashqi formasi sanaladi. Bu forma tilshunoslikda fonetik so„z, nomema nomlari bilan ham ataladi.
Tilda leksemalar tashqi (ifodalovchi) jihatiga ko‘ra o‘zaro omonimiya va paronimiya munosabatlarida bo‘lishlari mumkin.
Leksik омонимия
Do'stlaringiz bilan baham: |