O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet168/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Funksional jihatdan leksema tilning eng kichik nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsa-buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi- xususiyatlarni nomlaydi: daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), yur(moq) (harakat nomi), oq ( rang-tus nomi), shirin (maza-ta‘m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi.
Leksemaning muhim jihatlaridan yana biri shuki, u muayyan til egasining til xotirasida ma‘lum shakl va mazmun birligi holiga kelgan birlik sifatida nutqqa chiqarish uchun tayyor turishi kerak. Quyidagi ikki gapda qo‘llangan ikki so‘zni shu nuqtayi nazardan tahlil qilaylik: 1.Elmurodning tanish-bilish va sinfdoshlaridan kimlar harbiyga olinganini sanabdi Muharram.(Shuhrat, Shinelli yillar.) 2.Yasha esa undan baquvvatroq chiqdi. Ko„k o„tlar ustiga uzala tushib yotgan shishadoshiga bir qarab qo„ydi-da, boshini egib allaqanday qo„shiqni xirgoyi qila boshladi (Nuriddin Ismoilov. Mafiya sardori.) Bu gaplarda qo‘llangan sinfdosh va shishadosh so‘zlarining yasalish qolipi bir xil, ammo ulardan biri (sinfdosh) til ixtiyoriga allaqachon o‘tib, leksema holiga kelib bo‘lgan. Asar muallifi uni tayyor holda nutqqa olib kirgan. Ikkinchi gapdagi shishadosh so‘zi haqida bunday deb bo‘lmaydi. Asar muallifi uni o‘z nutqi jarayonida yasagan, demak, bu so‘z asar muallifining uslubiy maqsadi hosilasi sifatida nutqning o‘zida yuzaga keltirilgan, uni insonning til xotirasidagi tayyor leksema deb baholab bo‘lmaydi. U tayyor ham emas, barqaror ham emas, umumiy va majburiy ham emas. Demak, bu so‘z individual nutqiy faoliyat mahsili, individual neologizm,xolos.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling