Leksemalarning paradigmatik munosabatlari
Leksemalar til jamiyati a‘zolarining ongida(til xotirasida) tayyor holda mavjud bo‘lar ekan, shu ongning o‘zida ulardan birining borligi ikkinchisining mavjudligini eslatib turadi: qosh leksemasining borligi ko„z , burun,quloq,lab leksemalarining mavjudligini eslatib turgani kabi. Bunday munosabat aka,uka,opa, singil leksemalari ma‘nolarida ham bor. Bir-birini eslatib turish munosabati tilshunoslikda assotsiativ munosabat deb yuritiladi, u,odatda, leksemalar ma’nosida o ‘xshash va farqli belgi- xususiyatlarning mavjud bo‘lishiga tayanadi: o‘xshashlik ularni bir qatorga yoki guruhga birlashtiradi, farqlar esa shu qatordagi har bir leksemaning xususiy jihatlariga ishora qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan ko„z ,burun,quloq,lab leksemalarining barchasida “inson gavdasining bosh qismida joylashgan a'zo’” semasi bor, bu sema ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgani holda, shu guruhdagi har bir leksema sememasida farqlovchi semalar ham mavjud: ko„z sememasida “ko‘rish a’zosi” semasi, burun sememasida —hid sezish a’zosi ” semasi, quloq sememasida “eshitish a’zosi semasi”, lab sememasida esa “og‘iz atrofining yuqori va quyi tomonidagi et-mushakdan iborat harakatchan qism” semasi bor,ana shu semalar yuqoridagi guruh a’zolari ma’nolarini bir-biridan farqlaydi. Ma’nodagi bunday oXshash (yoki umumiy) va farqli belgi-xususiyatlar asosida leksemalarning bir qatorga yoki guruhga birlashuvi leksik paradigma deb ataladi.Leksemalarni shunday paradigmalarning unsuri sifatida tekshirish aspekti esa paradigmatika deyiladi va u sintagmatikaga qarama-qarshi qo‘yiladi.90
Do'stlaringiz bilan baham: |