Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Download 200.46 Kb.
bet1/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари


Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar.
Jahon mineraloglari va kristallograflari tomonidan deyarlik barcha tabiiy va maʼlum boʻlgan sunʼiy minerallarning tuzilishi mikroskopik tahlil asosida 1900 yil atrofida oʻrganib boʻlindi. Natijada qattiq jism atomlari strukturasi hajmiy toʻgʻri, unda atomlar maʼlum tartibda joylashganligi taʼrif etildi. Lekin 1921 yilda esa rentgen nurlari yordamida ularni qayta tekshirish boshlandi. Bu amaliy tekshirish fan va texnikani nihoyatda boyitdi, minerolog-kristallograflarning shu onga qadar ham toʻgʻri talqin va bashorat qilishganliklarini tasdiqladi.
Keyingi yillar davomida rentgenografiyani fan va texnikada qoʻllash boʻyicha ulkan tadqiqotlar olib borildi. Rentgenografiyaga oid apparatlarni qoʻllash tibbiyot, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, samolyotsozlik, raketasozlik kabi sohalarida koʻpaydi.
Amaliy rentgenografiyada ham katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Rentgenografiya apparatlarining sezuvchanligi oshirildi, hajmi va ogʻirligi esa kichraytirildi. Rentgen analizi usullari takomillashtirildi.
Oʻzbekistonlik olimlar - prof. I.S.Kansepolskiy, N.A. Sirojiddinov, B.I.Nudelman, T.A.Otaqoʻziyev, A.A.Ismatov tadqiqotlarida ham amaliy rentgenografiya usuli katta oʻrin egalladi. Past haroratlarda pishuvchi sement, keramika va sitallar olishda uning xizmati nihoyatda katta boʻldi.
Fotousul ishlari uchun moʻljallangan struktura tahlili apparatlari. Ularga birinchi navbatda URS-60 va URS-55 apparatlari kiradi:
URS-55 apparati. U 55 kv li kuchlanishda ishlashga moʻljallangan. Bu apparat stol usti apparati boʻlib, unda struktura tahlili oʻtkazish mumkin.
URS-55 apparatining muhim tomonlari sifatida operativ stolning kichikligi, yuqori quvvatli kenotronnning yoʻqligi va boshqaruv pulti (toʻgʻrilovchi vazifasini rentgen trubkasi bajaradi)ning ixchamlini aytsa boʻladi.
URS-55 apparati BSV-2 tipidagi chiziqli fokus va torirovkalangan katodli maxsus elektron trubka bilan ishlashga moʻljallangan.

Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling