Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Apparatlarning asosiy qismlari


Download 200.46 Kb.
bet3/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

Apparatlarning asosiy qismlari.
Rentgen apparatlarining asosiy qismlariga kiradi: rentgen trubkasi, toʻgʻrilovchi lampa - kenotron, choʻgʻlanish reostati, yuqori voltli transformator, choʻgʻlanish transformatori, boshqaruv pulti va uning zinapoyali avtotransformatori va boshqalar. Quyida ularning tuzilishiga oid maʼlumotlar beriladi.
1. Rentgen trubkalari BSV-2, BSV-4, BSV-6 va boshqalar. B-himoyali qoplamada, xavfsiz; S-struktura tahlili uchun; V-suvli sovitish maʼnolarini anglatadi.
Rentgen trubkasi rentgen nurlari manbai boʻlib, u tez uchuvchan elekt-ronlarning yoʻlida joylashgan anod bilan toʻqnashuvi natijasida yuzaga keladi.
Rentgen trubkalarida rentgen nurlarini yuzaga kelish uchun quyidagilar taʼminlanishi kerak:
a) Ozod elektronlarni hosil qilish;
b) Ozod elektronlarni katta kinetik energiya bilan taʼminlash (bir necha mingdan to 1-2 mln elektronvoltgacha);
v) Anod atomlari bilan tez uchuvchan elektronlarning oʻzaro taʼsiri.
Rentgen trubkalari belgilariga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1) Ozod elektronlar olish usuli buyicha. Bunda trubka ionli va elektronli tarzda farqlanadi. Ion trubkalarda ozod elektronlar sovuq: katodni musbat ionlar bilan bombordirovka qilish natijasida olinadi. Bu vaqtda ionli trubka ichida 10-3 - 10-4 mm qoʻrgʻoshin stolbchasiga teng boʻshliq hosil etilishi va katodga yuqori kuchlanish berib yuborilishi shart. Shundagina katoddan ozod elektronlar ajralib chiqadi va idishdagi vakuum tufayli anod tomon yoʻl oladi. U anod atomlari bilan juda katta tezlikda toʻqnashadi va nihoyat ulardan rentgen nurlarini ajralib chiqishiga sababchi boʻladi.
Elektron trubkada ozod elektronlar tokda qizdirilgan katodning termoelektron emissiyasidan paydo boʻladi.
2) Vakuumni hosil qilish va uni ushlab turish usuli boʻyicha. Bunda trubkalar qalaylangan va yigʻma tarzda boʻlishi bilan farqlanadi.
Qalaylangan trubkalarda yuqori vakuum trubka tayyorlanayotgan vaqtning oʻzida yaratiladi va u oʻzining germetik korpusi (ballon)ga koʻra ishlash davrida vakuum holatini saqlaydi. Vakuumning oʻzgarishi trubkani ishdan chiqqanligini bildiradi.
Yigʻma trubkalarda boʻshliq vakuum nasos yordamida yaratiladi va ushlab turiladi.
3) Ishlatilishi boʻyicha. Trubka materialni yoritish, struktura tahlili va tibbiy maqsadlarda (diagnostika va davolash maqsadida) qoʻllaniladi.
4) Fokusni kattaligi (maydoni) boʻyicha. Trubkalar normal (6-7mm2) va oʻtkir (mm2 ning bir necha yuz yoki mingning ulushi qismicha) fokus bilan tayyorlanadi.
Struktura tahlili uchun qalaylangan elektron trubkalar ishlatiladi. Uning koʻrinishi BSV-2 misolida quyida beriladi (42-rasm).
U shisha ballondan tashkil topgan, unga ikkita elektrod kiritilgan: katod - qizdiriladigan volfram simli spiral shaklida va anod- toʻla misli trubka shaklida. Shisha ballonda yuqori vakuum (10-510-7mm simob ustuni) hosil qilinadi. Unda elektronlarning katoddan anodga borish erkin xarakati taʼminlanadi. Katod issiklik va kimyoviy taʼsirdan hamda elektronlar orasidagi gazli muhitda chaqmoq hosil boʻlishidan himoyalangan.
Volfram spiral 2100-2200С gacha tokda qizdirilganda elektronlarni chiqaradi. Trubka polyusiga yuqori kuchlanish qoʻyilganligi tufayli anodga katta tezlik bilan intiladi. Anod (anod koʻzgusi) maydoniga urilib, elektronlar tormozlanadi. Taxminan 1% atrofida kinetik energiya rentgen nurlarining elektromagnit energiyasi tebranishiga oʻzgaradi; qolgan energiya anoddan ajralayotgan issiqlikka sarflanadi.
Struktura tahlili uchun trubkadan chiqarilayotgan nisbatan yumshoq nur (1 Å va koʻproq toʻlqin uzunligida) shishada juda kuchli yutiladi. Shuning uchun

42-rasm. Struktura tahlili uchun ishlatiladigan BSV-2-elektron rentgen trubkasi: 1-balon; 2-katod; 3-anod; 4-yoʻnaltiruvchi qalpoq; 5-muxofaza vosi-tasi; 6-yoʻnaltirish teshiklari; 7-sovitish sistemasi.

43-rasm. RKD-57 kamerasining asosiy qismlari.

trubka balloniga rentgen nurlarini chiqarishni taʼminlash uchun yengil elementlar (berilliy, litiy, bor) dan tashkil topgan getan qotishmasi yoki berilliy metallidan yasalgan darcha qotiriladi (qalaylanadi).


Elektron trubkadagi katod volfram spiraldan iborat boʻlib, koʻpincha emission xarakterni oshirish uchun toriy qavati bilan qoplanadi.
Spiralni fokus qalpoqchasiga joylashtiriladi. Qalpoqchaning vazifasi trubka fokusini kamaytirish va katoddan anodga uchayotgan elektron puchoklarini torlantirishdan iborat. Trubka fokusi deb rentgen nurlari hosil qiluvchi elektronlar tushadigan anod maydoniga aytiladi (fokus dumaloq yoki liniyali shaklga ega).
Katod yarim silindr ichida vintli chiziq koʻrinishida, baʼzan spiral koʻrinishida fokuslovchi chashka ichiga joylashgan.
Anod - yaxlit silindr koʻrinishida (koʻpincha misdan), yuqori issiqlik oʻtkazuvchan materiallardan tayyorlanadi. Anodning tashqi yon devoriga elekt-ronlarni tormozlovchi plastinka antikatod presslanadi. Struktura tahlili uchun trubkadagi anod yoni 90burchakda anod oʻqiga nisbatan kesilgan.
Koʻproq tarqalgan anodli trubka - antikatodlar xrom, temir, vanadiy kobalt, nikel, mis, molibden, volfram, kumush va marganetslardan tayyorlangan boʻladi. Elektronlarning anod koʻzgusiga urilishida katta miqdorda issiqlik ajraladi. Anodni oʻta qizdirish vakuum buzilishiga, changlashish tezlashishiga, koʻzgu va anodni ham erishiga olib keladi. Buning oldini olish maqsadida anod oqib turgan suvda yoki yogʻ bilan uzluksiz ravishda sovitiladi.
Trubkaning muhim xarakterli koʻrsatkichi uning quvvat chegarasi boʻlib, u quyidagicha ifodalanadi:
P = UI vt,
bu yerda U - maksimal yuqori kuchlanish, v ; I - trubka toki, amperda.
Quvvat chegarasini oshirish mumkin emas, sababi anod qizib ketadi.
Trubka fokusi maydonini kamaytirish issiqlik chiqaruvchi metall hajmini kamaytiradi, shu tufayli trubkaning quvvat chegarasini kamaytirishni taqazo qiladi.
Koʻrilayotgan BSV-2 misli antikatodli trubkaga beriladigan eng katta quvvat 700 vt ga, solishtirma quvvat esa 48 vt/mm2 ga teng. Bunday trubkaning normal yuzasi 700/48 = 14 - 15 mm2 ga teng.
Koʻrsatilgan fokus yuzada maksimal quvvat URS-60 apparati uchun 60 kvt boʻlsa, u holda trubka toki I ≤ P/U=700/60000 ≤ 12 ma dan oshmasligi kerak.
Strukturaviy tahlilda ishlatiladigan rentgen trubkalaring xarakterli koʻrsatkichlari quyidagi 18 - jadvalda ketiriladi.
2. Kenotron (K). U - toʻgʻirlovchi sifatida xizmat qiladi va kuchlanish oʻzgarishida rentgen trubkani oʻchirib qoʻyadi. Kenotron ion trubkalari bilan ishlashda qoʻl kelishi mumkin. Chunki hamma elektron trubkalarning oʻzi toʻgʻrilovchi rolini oʻynaydi, biroq qiyin sharoitlarda rentgen trubkaga bir yoʻnalish boʻyicha faqat bitta tok oʻtkaziladi.

18-jadval.


Strukturaviy tahlil trubkalarining xarakteristikalari


Трубка типи


Мак-си-мал қув-ват,вт


Нур те-шик-лари сони


Фокус форма-си


Фокус ўлчами, мм


Фокус проекция-си ўлча-ми, мм


Фокус майдо-нига со-лиштирма таъсир


Интеграл интенсивлик, х103


Мисли анод кучла-ниши, кв


Максимал анод токи, mа


БСВ-2

700

2

тўғри

1,2х12

1,2х1,2

48

327





БСВ-3

450

2

-”-

1х2,5

-

22



45

14

БСВ-4

120

4

айланма

3

3х0,3

17

88





БСВ-5

20

2

-”-

0,040

0,04х0,04

4000







БСВ-6

450

2

тўғри

25х5

2,5х0,5

36

304

45

14

БСВ-8

1000

2

1


-”-

1х12

1х1,2


0,1х12

83

454

50

40

БСВ-9

1500

2

1


-”-

2х12

2х1,2


0,2х12

63

170

50

60

БСВ-10

600

2

1


-”-

0,4х8

0,4х0,8


0,04х8

1900



45



24

3.Choʻgʻlash reostatlari (RHK, RHP). Ular - kenotron va trubka katodi tok kuchini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shahar tarmogʻidagi katta boʻlmagan tebranish choʻgʻlash tokini tebranishiga olib keladi va trubkadagi anod tokini kuchli ravishda oʻzgartiradi. Choʻgʻlash tokini stabillashtirish uchun stabilizator ishlatiladi.
4.Yuqori voltli transformator (RR-55). Yuqori kuchlanish olish uchun xizmat qiladi. Birinchi obmotka AA avtotransformatordan yoki quvvatni tekis oʻzgartiruvchan quvvat variatoridan oziqlanadi.
5.Choʻgʻlash transformatorlari (TNR i TNK). Kenotron va rentgen trubka simlarini choʻgʻlantirish uchun ishlatiladi. Volframli katodli iplar 2100C gacha va undan yuqorida qizdirish uchun ulardan 3-6 a tok oʻtkaziladi. Bu tok choʻgʻlash transformatoridan kenotronni 10-15 v li va rentgen trubkasini 6-8 v li qilib pasaytirish uchun beriladi.
6.Zinasimon boshqarish pulti avtotransformatori (AA)-yuqorivoltli transformatorni birinchi obmotkasini yuqori kuchlanishini oʻzgarishini boshqarish uchun ishlatiladi.
7.Boshqaruv pulti. Rentgen apparati maxsus boshqaruv pulti orqali boshqariladi. Bushqaruv pulti rentgen apparatining elektr sxemasini sirtqi elektr tarmogʻi bilan ulaydi. U har turli oʻlchov asboblari bilan taʼminlangan boʻlib tarmoqdagi tok kuchlanishi V, yuqori kuchlanishli tok kV va tok quvvati mA ni koʻrsatadi va regulirovka qiladi.Unda yuqori kuchlanish, quvvat , vaqt va yorugʻlik kabi parametrlarning sozligi va nosozligi haqida xabar teruvchi moslama mavjud.
Rentgen trubkasiga yoʻnaltirilgan kuchlanishni oʻlchash rentgenotexnikada muhim masala hisoblanadi. Uni sharli razryadnik bilan oʻlchash oʻta oddiy, qulay va yetarli darajada aniqlashga imkon beradigan usuldir.
Rentgen apparati trubkasidan oʻtayotgan tokni oʻlchash uchun milliamper-metrdan foydalaniladi.



Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling