Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Nurlanish detektorlarining qisqacha tavsifi


Download 200.46 Kb.
bet6/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

Nurlanish detektorlarining qisqacha tavsifi.
Proporsional va Geyger-Myuller schyotchiklari. Ular ionizatsion tabia-tiga ega. Schyotchik korpusi shisha trubadan iborat boʻlib, ichida gazi bor (odatda argon yoki kripton, bosimi 500 mm simob ustuni) U ikkita elektrod (anod va katod) dan tashkil topgan. Trubka yoni rentgen nurlarini kam yutuvchi materiallardan (slyuda, berilliy va boshqalar) yasalgan.
Rentgen nurlari kvantlari schyotchikka tushib, gazlarni ionlashtiradi; hosil boʻlgan ionlar (elektrodlar orasidagi potensiallar mavjudligida) tok impulsini yaratadi. Bunda davomiylikni razryad vaqti belgilaydi.
Ionizatsion schyotchiklar: 200 v ga teng boʻlgan potensiallar farqida, hamma ionlar elektrodga tushadi va schetchik ionizatsion kamera (Vo-Vi.) rejimida ishlaydi. Tokning kichik ( ~10-12 a) ligi va detektorning past sezuvchanligi tufayligi bu rejimda oʻlchovlarni oʻtkazish murakkab (45- va 46-rasm).
Proporsional schetchiklar. 600-900 v (V1-V2) potensiallar farqida elektronlar tezligi shunchalik oshadiki, unda tok impulsi kuchayadi, ikkinchi ionizatsion effekt yashnaydi; biroq bu hodisa kichik uchastkalarda schyotchik iplari bilan chegarangan va shuning uchun tez kuchini yoʻqotadi. Schetchikning kichik “oʻlik vaqti” ga 5.105 imp / sek gacha qayd etish imkoniyatini beradi.
Impulsi tok kattaligi taxminan 10-7a ga teng va rentgen kvanti energiyasiga proporsional. Shuning uchun bunday rejimda ishlovchi ioni-zatsion schyotchiklarni proporsionalli deb ataladi.
Geyger-Myuller schyotchigi. Agar potensiallar farqi V3 ga oshirilsa, iplar boʻylab ikkilamchi razryad tarqaladi. Schyotchik Geyger-Myuller schyotchigi rejimida ishlaydi. Impuls kattaligi endi kvant energiyasiga bogʻliq emas, ammo 10-3 a gacha oshadi. Bu registratsiya qilishni osonlashtiradi.
Bu narsa schyotchikning “oʻlik vaqti” ni kattalashtiradi va natijada hisobning maksimal tezligi 5 .103 impuls / sekundga kamayadi.
Geyger-Myuller schyotchiklarining xizmat qilish muddati 10 3 impulsgacha, proporsional schyotchiklarniki esa 1012 impulsga teng.

45-rasm. Impulsli ionizatsion schyotchik sxemasi: 1-darcha; 2-katod; 3-oʻt-kazgich (anod); 4-izolyator.

46-rasm. Gaz ionizatsiyasining schyotchikka yoʻnaltirilgan potensiallar farqiga bogʻliqligi ( Su-K uchun).



Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling