Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar
Rentgenografik tahlildan foydalanish imkoniyatlari
Download 200.46 Kb.
|
рентген аппаратлари турлари
Rentgenografik tahlildan foydalanish imkoniyatlari.
Usulni qoʻllashni amaliy imkoniyatlari juda katta. Quyida ulardan asosiylari keltiriladi: 1. Tabiiy va sunʼiy minerallar va kimyoviy birikmalarning diagnostikasi uchun (kimyogar, kristallokimyogar, kristallograf, geokimyogar, geolog, geofizik, fizik, metallurg, optik va boshqalar tomonidan): a) Minerallar turini aniqlash (slyuda, piroksen, dala shpati, granat, kvars, alunit, melilit, vollastonit, mullit, titanat, karbonat, sulfat va boshqalar); b) Bir turli minerallarni turli tiplarini aniqlash (biotit, flogonit, muskovit; natriyli -, kaliyli- va kalsiyli dala shpatlari; kaolinit, gal-luazit va boshqa tuproq minerallari); v) Struktura turlarini aniqlash (dala shpatining monoklin yoki triklin shakli, piroksenlarning monoklin va boshqa turlari, nefelinning rombik va geksagonal shakllari va xokazo); g) Mineral tarkibini sifat va miqdoriy baholash (ion oʻlchamlari va boshqalarga bogʻliq xolda). 2. Struktura tahlili uchun: a) Moddalarning simmetriyalarini aniqlash; b) Simmetriya fazoviy gruppalarini-elementar yacheykada molekula, ion, atomlarni simmetrik joylashishi; v) Elementar yacheyka oʻlchamlari – parametralar: a, b va s; burchaklar: α, β va γ qiymatlari; g) Panjaradagi atom, ionlarning koordinati va atomlar orasidagi masofa; d) Moddaning kristallik strukturasini bayoni, strukturani tashqil qiluvchi atomlar orasidagi masofa, koordinatsion raqam va boshqalar. 3. Aniqlash uchun: a) Moddaning monokristalligi - monokristalni strukturaviy yetukligi, qoʻshaloqlarning mavjudligi, oʻlchami, sifati va boshqa diagnostik parame- tarlarini baholash imkoni; b) Moddaning polikristalligi – polikristallar kimyoviy tarkibi, polikristall zarrachalari oʻlchami va xokazo. 4. Mineral strukturasidagi u yoki bu elementlar va ularning shaklini aniqlash - mineral, rudadagi qoʻshilma (izomorf, mexanik) larning qanday aralashmaligi va eruvchanligini oʻrganish uchun. 5. Togʻ jinslari va rudalarini sifati va miqdorini fazoviy rent-genografik tahlili. 6. Minerallarning dispersligi va kristallarining kattaliklarini baholash. 7. Minerallar strukturalari tuzilishi, nuqsonlar-Shotki, Frenkel noaniqliklari va dislokatsiyalarni baholash. 8. Mineralni teksturalarini aniqlash. 9. Rentgenoamorf va kolloid minerallarni oʻrganish; 10. Minerallarning barqarorligi va turli taʼsirlardan fazoviy oʻzgarishini oʻrganish; 11. Zichlik, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, Kyuri nuqtasi, qattiq eritmalarning idealligi yoki defekt strukturaga ega ekanligi kabi fizik xossa - xususiyatlarini aniqlash; 12. Xona haroratidan 1500oC li harorat taʼsirida roʻy beruvchi fizik-kimyoviy oʻzgarishlarni aniqlash; 13. Minus 190oC gacha tadqiqotlar olib borish, sovuqlik taʼsirida roʻy bergan oʻzgarishlarni aniqlash; 14. Rentgenografik tahlilni xavo sharoitida olib borish va olingan natijalar turgʻunligini taʼminlash; 15. Rentgenografik tahlilni yuqori bosim ostida maxsus kameralardan foydalangan xolda olib borish; 16. Shisha, kanifol, gudron kabi noorganik va organik moddalarni ki-chik rentgen burchaklari ostida tekshirish va ularda bor boʻlgan fragmentlar-ni aniqlash; Download 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling