Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar
Nurlanishni ionizatsion qayd etish tahlili apparatlarida difraktogramma olish usullari
Download 200.46 Kb.
|
рентген аппаратлари турлари
Nurlanishni ionizatsion qayd etish tahlili apparatlarida difraktogramma olish usullari.
Rentgen nurlanishi bundan 90-yil burun ochilgan boʻlsa ham tadqiqotlar asosan fotousullarni qoʻllash yoʻli bilan davom etdi. Bu usul yuqori aniqlikka ega, ammo uni ishlatayotgan ilmiy xodimdan ham rentgenografiya, ham fotografiyadan yuqori malaka talab qiladi. Keyingi 25-30 yil ichida fotousullarda lauegramma va debayegramma olish oʻrniga nurlanishni ionizatsion qayd etishga asoslangan difraktogramma usullari joriy etila boshlandi. Bu usullarda ish olib borish maxsus schetchiklarga asoslangan boʻlib, ularda difraksion maksimumlar registratsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda nurlanishni ionizatsion qayd etish tahlili apparatlarida difraktogramma olishning ikki usuli quyidagicha registratsiya qilishga asoslangan: 1. Geyger-Myullerning ionizatsion schetchigi yordamida. 2. Ssintillyatsion schetchigi yordamida. Birinchi gazli schetchiklarining takomillashtirilgan turlari proporsional yoki mustaqil nomlari bilan ham ataladi. Tok kuchi yoki impulslar soniga koʻra rentgen nurlanish intensivligi haqida fikr yuritish mumkin. Kristall-fosfor (talliy bilan aktivlashtirilgan yodli natriy kristalli) va fotokoʻpaytirgichdan tashkil topgan ssintilyatsion schetchiklarda Geyger-Myuller gazli schetchiklariga nisbatan fon ancha kichik boʻladi. Shuning uchun ularning effektivligi ancha yuqoridir. Difraktogramma olish uchun silikatli namuna tayyorlash va difraktogramma olish quyidagicha kechadi: 1. Tekshirilayotgan namunadan 5-10 g ajratib olinadi; 2. Agatli maydalagichda spirt yordamida maydalanadi; 3. Hoʻl modda maydalagichda yoqib yuboriladi va quruq kukun olinadi; 4. DRON markali apparatlariga namuna - kukun joylanadi; 5. Difraktogramma olinadi; 6. Difraktogramma piklari nomerlanadi; 7. Piklar oʻlchami va intensivligi aniqlanadi; 8. Topilgan qiymatlar maxsus jadvallar yordamida d-ga aylantiriladi; 9. Maxsus kitoblar yordamida d va I lar qiymati orqali modda tarkibi aniqlanadi. Rentgen nurlari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qattiq rioya qilish zarur. U uzoq vaqt kishi organizimiga taʼsir oʻtkazsa salomatlik masalasiga putur yetadi: 1.Inson qonining tarkibi oʻzgaradi; 2.Ichki organlar shikastlanadi; 3.Teri qavati kuyadi. Rentgen nurlari bilan ishlashda maʼsul organlar tomonidan belgilangan shart-sharoitlarga qatʼiy amal qilish talab etiladi: 1.Rentgen apparatlarida ishlash uchun yoshi 18 ga kirmaganlarga ruhsat berilaydi; 2.Rentgen apparatlarini sozlash va tuzatishga faqat mahsus maʼlumoti bor kishilargagina ruxsat etiladi; 3.Rentgen apparati joylashgan xonalarga begona shahslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi; 4.Rentgen apparati ishlab turgan vaqtda uning boʻlaklariga tegish, yuqori voltli qismlarini taʼmirlash va boshqalar man etiladi; 5.Vaqt-vaqti bilan rengten nurlanishidan himoya vositalarining effektivligi dozimetrlar orqali tekshirib turilishi shart; 6.Rentgen trubkasi va rentgen kamerasi almashtirilgach apparat oʻrnatilgan xonani dozimetr yordamida tekshirib turish kerak Rentgen nurlari bilan ishlashda havfsizlik texnikasi qoidalarini rioya qilishni taʼminlashda rentgen dozimetrlari katta rol uynaydi. Rent-gen nurlari dozasini oʻlchashda odatda koʻchma asboblardan – universal GRI dozimetrlaridan keng foydalaniladi. Bu asbob bir ipli elektrometr va almashtirib turiladigan ionlanish kameralari toʻplamidan tashkil topgan. Download 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling