Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Nurlanishni ionizatsion qayd etish tahlili apparatlari


Download 200.46 Kb.
bet5/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

Nurlanishni ionizatsion qayd etish tahlili apparatlari.
Bu usul boʻyicha moddaning difriksion kartinasini qayd etish plenkada emas, balki u yoki schetchik bilan va nur qaytarish maksimumlari holatini yozishni qogʻoz tasmaga oʻzi yozuvchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Difraktometriya rentgenostruktura tahlilini yechishdi, hamda katta darajada rentgenografik tekshiruvlar oʻtkazishda katta ahamiyatga ega. Sababi nur qaytarish intensivligini nafaqat obʼektiv baxolash, balki asbobning yuqori yechish xususiyati va ishining unumliligidadir. Toʻla difraktogrammni qayd etish 20-30 minut ichida amalga oshiriladi. Yuqori darajali aniqlash xususiyati difraktogrammani baʼzi detallarini aniqlashga imkon yaratadi. Bu detallarni aniqlashda avval katta diametrli kameralar va shunga muvofiq uzoq muddatli ekspozitsiyalar zarur edi. Bu usul ayniqsa bir tipli modda analizi yoki kichik muammolarni xal etishda juda muhim, masalan, karbonatlarni aniqlashda, dala shpatining mikroklinligi darajasi va minerallarning struktura turlarini aniqlashda juda muhimdir.
Difraktogramm nur qaytarish burchagi qiymati va ularning inten-sivligini toʻgʻridan-toʻgʻri beradi. Kukun rentgenogrammalarida nur qaytarishga bogʻliq boʻlgan, nur qaytarish burchagi koʻrsatgichidan yuzalar aro masofa koʻrsatgichiga oʻtishda, yuzalararo masofa turli toʻlqin uzunliklari boʻyicha xisoblangan va spravochniklarga yigʻilgan nurlanishni jadvallaridan foydalanish orqali boʻladi.
Shunday qilib, rentgen difraktogrammasi boshqa rentgenogrammalardan farq qiladi;
1) Fazoviy tahlil uchun rentgenogrammani tez olinishi;
2) Uni hisoblashni osonligi (soddaligi);
3) Fon diffuziyasi va chiziqlarning intensivligini aniq va oddiy topish imkoniyati; 4) monokristallarni oriyentirovkasini tez va aniq aniqlash;
5) Sifatli polyus shakllarni tez tuzish.
Shuning uchun rentgen difraktogrammalarini olish hozirgi kunda keng tarqalgan.
Umumiy maqsadda URS-50 IM, DRON-1, DRON-2, DRON-3, DRON-4 tipidagi difraktogrammalarni MDH mamlakatlarining maxalliy sanoati chiqaradi.
URS-25I, URS-50I va URS-50IM difraktometrlari. Ular yuqori ainqlikga ega boʻlib, ularda yozuv avtomatik tarzda roʻy beradi. Bundan tashqari bu apparat vizualno difraksiya burchaklarini goniometrik moslama yordamida hisobga olishiga ham imkon beradi (44-rasm).
Rentgen nurlari trubkadan namunaga tushadi, qaytariladi va hisoblovchi qurilmaga keladi. Geyger-Myuller schyotchigiga nur tushishidan hosil boʻlgan impulslar birin-ketin kuchaytirgich, qayta hisoblovchi sistema, integrirovka qiluvchi sistemalardan oʻtadi va oʻzi yozuvchan potensiometrga yetib keladi. Oxirgi qurilmada ularning qiymatlari qayd etiladi.
Difraktometrlarning texnik koʻrsatkichlari:
1. Intensivlikni oʻlchashdagi maksimal hato ularning nominal qiymatlaridan -15 dan +5% gacha tashkil etadi.
2. Intensivlik maksimal oʻlchovi 1000 imp /sek, qayta hisoblash sxemasi boʻyicha 5000 imp /sek gacha.
3. Goniometr radiusi -160 mm.
4. Trubka manbai: V 50 kv gacha, I 12 ma gacha.
5. Rentgen trubkasi tipi - BSV -6.
DRON-0,5 va DRON-1 difraktometrlari - amplituda diskriminatsiyasili ssintilyatsion schetchikka ega. Bu apparat juda qulay va fazoviy tahlili jarayonidagi barcha masalalarni yechishga imkon beradi.
Apparatlarning texnik maʼlumotlari:
1) Avtomatik schyotchik 1; 0,1 yoki 0,01 gradusda rentgenogramma nuqtalarini olishni taʼminlaydi. Bir vaqtning oʻzida intensivlikni qayd etuvchi yozuvchi mashinkada yozib boradi.

44-rasm. URS-50I ionizatsion qurilmasining prinsipial blok-sxemasi.

2.GUR-5 goniometri schyotchikni 1 / 32 dan to 16 grad / min tezlikda aylanishini taʼminlaydi.


3.Schetkini aylanish burchagi +90 dan – 168o gacha.
4.Intensivlikni maksimal oʻlchovlari 5.104 imp / sek gacha.
5. Goniometr radiusi – 180 mm.
6. BSV-8, BSV-9 va BSV-10 trublari ishlatiladi. Ularning quvvatlari BSV-6 trubkaning quvvatidan 2-3 marta yuqori.
DRON-2 difraktometri. Bu qurilma URS-25I, URS-50I, URS-50 IM, DRON-0,5 va DRON-1 lar singari oʻzi yozishi, qayd etishi, burchakdan tu- shayotan ikkilamchi nurlarning intensivligi (2  burchakda) bilan taʼminlangan.
DRD-1 difraktometri-radioaktiv obʼektlarni tekshirish uchun moʻljallangan. Masofadan turib boshqariladi,
DRK-2 difraktometri – kvars plastinkalarning burchaklari kesimini nazorat etish uchun.
ARS-4M difraktometri – rentgen nurlarini mikrofokusli bogʻlari bilan va boshqalar.
DAR-1 avtomatik difraktometr. Monokristallarni programmali boshqa-rishda tekshirish uchun. Bu apparat kristallograflarning VII Xalqaro Kon-gressida (Moskva, iyul, 1966 y.) kristallografik apparaturalar koʻrgazmasida namoyish etilgan.
Birinchi markali apparatlarda (URS-25 I, URS-50 I va URS-50 IM) rentgen nurlari detektori sifatida Geyger-Myuller schyotchigidan, ikkin-chisida (DRON-0,5, DRON-1, DRON-2, DRON-4 va boshqalar) – diskriminatsiya amplitudasini proporsional schyotchik yoki ssintillyatsion schyotchikdan foyda-laniladi.



Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling