O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksema Leksemaning til qurilishidagi maqomi Ma‘lumki, til qurilishining asosiy birliklari
- папа
Amaliy leksikologiya - leksikologiyaning amaliy yo‘naltirilgan turi. U lug‘atchilik, leksik stilistika kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Leksik sistemalar - tilning lug‘at boyligida tarkib topgan sistemalar. Ular shu tizim ichidagi lug‘aviy birliklarning o‘zaro o‘xshash va farqli belgilari yoki umu- miylik-xususiylik-alohidalik, butun-bo‘lak , gradatsiya kabi ma’no munosabatlari asosida tarkib topadi. Adabiyotlat: 10 (137-140-b), 16(145-146-b.) ,28 (22-b.),29 (24-b.),33(83-90), Leksema Leksemaning til qurilishidagi maqomi Ma‘lumki, til qurilishining asosiy birliklari masalalari tilshunoslikda turlicha talqin etilmoqda . Bunday birliklar sirasini —onema, morfema va Twnstruksiyalaf” tarzida talqin etuvchilar bo‘lganidek85, ularni —fonema-morfema-leksema-qoUp^ tizmasi sifatida e‘tirof etuvchilar ham bor.86Birinchi qarash tarafdorlari fikricha,leksema til qurilishining mustaqil birligi emas, balki morfemaning bir turi, xolos87. Bu fikr ko‘proq flektiv tillar strukturasiga asoslanadi.Masalan, rus tilidagi хотеть,хочу, хочешь so‘zshakllari tarkibidagi leksik ma’noli qismlar “хоть-—, “хоч-” shakllaridagi allomorflar tarzidagina namoyon bo‘lib, bunday bog‘lanishdan tashqarida (tilning leksik sathida) mustaqil birlik sifatida uchramaydi.Demak,ularni o‘zak morfemaning allomorflari sifatidagina qarashga to‘g‘ri keladi.Ikkinchi qarash tarafdorlari leksemani til qurilishining leksik sathiga mansub alohida birlik deb hisoblaydilar.Ularning fikricha, “leksema tilning lug‘at tarkibiga xos birlik, til qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi unsuri”dir88, demak,nutqda leksema va morfologik so‘z (so‘zshakl ) tilning alohida-alohida sath birliklari sifatida o‘z variantlari orqali voqelanadi , chunki har bir mohiyat hodisalar orqali voqelangani kabi har qanday hodisa muayyan mohiyatni voqelantiradi, mohiyatsiz hodisa bo‘lmaydi.89 Bu fikrni anglash uchun rus tilidagi папа va o‘zbek tilidagi ota so‘zlarining strukturalarini qiyoslab ko‘raylik.Rus tilidagi папа: otning bosh kelishikdagi shakli, bu shakl ikki qismdan (ikki morfemadan) tarkib topgan: пап (o‘zak morfema) + “-a” (bosh kelishik-“именительный падеж”, birlik son- “единственное число” ko‘rsatkichi). Bu qismlarning ikkalasi ham aslida morfemalardir, o‘zak morfema (пап) shu holida tilning leksik sathida uchramaydi, uni kelishik, son kabi grammatik ma’nolarni ifoda etgan morfemalar bilan bog‘langan holdagina tasavvur qilish mumkin: пап+а, пап+у, c пап+ой, у пап+ы, о пап+е kabi.O‘zbek tilidagi ota leksemasi esa ayni shu holida tilning leksik sathidan o‘rin olgan bo‘lib, u nutqda ma’lum grammatik va modal ma’noli morfemalar bilan birikadii: ota+m. ota+ng, ota+si, ota+xon, ota+jon, ota+gina+m kabi. Demak, o‘zbek tilida leksemani til qurilishining alohida (mustaqil) birligi deyishga yetarli asoslar bor. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling