O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Leksikologiyada lug„at boyligining sistema sifatida o„rganilishi


Download 5.3 Mb.
bet164/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksikologiyada lug„at boyligining sistema sifatida o„rganilishi
Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi sistema sifatida o‘rganiladi, chunki bu boylik so‘zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig‘indisi emas, ular (lug‘aviy birliklar) bu tizimda ma’no va vazifalaridagi o‘xshashliklar va farqlar asosida ma’lum paradigmalarni hosil qiladi, umumiylik-xususiylik-alohidalik, butun-bo‘lak va boshqa shu kabi ma‘no munosabatlari asosida ham ma‘lum guruhlarga birlashadi, demak, bu tizimdagi so‘z va elementlar yaxlit bir “organizm”ning “to‘qimalari” va “hujayralari” munosabatida bo‘ladi,ulardan birining bo‘lishi ikkinchisining bo‘lishini ham taqozo qiladi.
Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Leksikologiya tilshunoslikning quyidagi bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi: 1.Fonetika va fonologiya bilan: leksemalarning tashqi formasi fonemalarning birin-ketin ulanib kelishidan yoxud o‘zak va affiks morfemalarning birin-ketin bog‘lanishidan tarkib topadi.Bunda ikki yoki undan ortiq leksemalarning tashqi formalarida ishtirok etgan fonemalar leksema ma‘nosi bilan kommutatsiya munosabatiga kirishadi.Buning mohiyatini yoritishda leksikologiya fonologiya bilan hamkorlikda ish ko‘radi.
2.Semasiologiya bilan: leksemaning ichki formasi sema va sememalardan, ularning turlari,miqdori va o‘zaro munosabatlaridan tarkib topadi.Sema va sememalarni aniqlash, shularga asoslangan tahlil va tadqiqotlarni amalga oshirish semasiologiyaning predmetidir. Demak, leksikologiya leksemalarning mazmun jihatini yoritishda semasiologiyaga,xususan, leksik semantikaga ham murojaat etadi. Aslida, leksik semantika leksikologiyaning bir bo‘limi sifatida qaralishi ham mumkin, chunki leksemaning bilateral birlik ekanligi uning mazmun tomonini leksikologiya doirasida ko‘rishni ham taqozo qiladi.
3.Onomasiologiya bilan: narsa-hodisalarni va tushunchalarni lug‘aviy birliklar vositasida nomlash prinsiplari va qonuniyatlarini tadqiq etuvchi soha.Bu sohaning vazifa mundarijasida , bir tomondan, semasiologiya bilan, ikkinchi tomondan esa leksikologiya bilan bog‘liq jihatlar bor.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling