O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet174/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Omoformalar leksemalarning ayrim grammatik shakllaridagina teng kelish holatlari.Bunday holatlarda ular omoforma omoleksemalar sanaladi. Masalan, sur

(ot: "qorako‘l teri navi”) va sur (sifat: "och kulrang”) leksemalari aynan shu shaklda lug‘atga kiritiladi, biroq ot turkumidagi sur leksemasi turlanganda (surni,surning,surda... kabi) sur (ot) va sur (sifat) o‘rtasidagi shakliy tenglik yo‘qoladi. Demak,bu ikki leksema o‘rtasidagi shakliy tenglik ot turkumidagi sur so‘zi bosh kelishikda bo‘lgandagina saqlanib, boshqa shakllarida yo‘qoladi, shu xususiyati bilan omoforma omoleksemalar omonim omoleksemalardan farq qiladi.
O„t ("olov”) - o„t ("o„tmoq fe‘lining o‘zagi) munosabatida boshqacharoq holat kuzatiladi: o„t fe‘l shakli lug‘atga o„tmoq shaklida kiradi, binobarin, o„t (ot turkumi) va o„tmoq (fe‘l turkumi) o‘rtasidagi shakily tenglik yo‘qligi ma’lum bo‘ladi, shunga qaramay fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi o„t shakli bilan otning bosh kelishikdagi o„t shakli omoforma omoleksemalar sanaladi. Bu leksemalardagi omoforma munosabati o„ting (sening o„ting) va o„ting (siz o„ting) kabi shakliy tenglikda ham yuzaga keladi, ammo o„tni,o„tning (leksemaning ot turkumidagi kelishik shakllari) va o„tgin, o„tsin (fe‘l leksemaning buyruq mayli shakllari) kabi holatlarda omoforma paydo bo„lmaydi. Demak, leksemalarning omoforma munosabatida bo‘lishi ularning turli so‘z turkumlariga mansub jihatlaridan biri sifatida voqelanadi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling