O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet183/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Konnotativ semalar(ifoda semalari, baho semalari).Bunday semalar leksema sememasidagi ikkinchi hodisa bo‘lib, u nomlanayotgan voqelikka munosabat bildiruvchi semantik komponent sanaladi.Masalan, gavdali va barzangi leksemalarining sememalaridagi denotativ semalari bir xildir: ularning ikkalasi “gavdasi katta” ma’nosini anglatadi.Biroq barzangi leksemasining sememasida yuqoridagi denotativ semadan tashqari salbiy munosabat ifodalovchi baho semasi ham bor, u leksik ma‘noni ustama hodisa sifatida qoplab turadi. Yuz,bet, aft, bashara, turq kabi sinonim leksemalarning sememalari ham ayni shu baho semalarining bor yoki yo‘qligi hamda ifodalanish darajasi bilan farqlanadi: yuz leksemasining sememasida denotativ sema bor, ammo unda baho semasi yo‘q. Shuning uchun bu leksema yuqoridagi sinonimik qatorda betaraf ma’noli so‘z (dominanta) sanaladi.Mazkur sinonimik qatordagi boshqa leksemalarning sememalari tarkibida denotativ semadan tashqari nomlanayotgan voqelik yoki hodisaga salbiy munosabat ifodalovchi baho semasi ham bor, u leksik ma‘noni (sememani) ustama sema sifatida qoplab turadi. Bunday semali so‘zlar kuchli uslubiy vositalar sanaladi (Bu haqda “Leksik sinonimlar” mavzusiga qarang.)

Ba’zan mazmun tomonida baho semasi bo‘lmagan leksemalar ham ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta‘sirida baho semasini orttirishi mumkin.Bunday holat,ko‘pincha, leksemalarning o‘ziga xos bo‘lmagan kontekstda qo‘llanishi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, burun va tumshuq leksemalaridan har birining o‘z konteksti bor: burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalarga nisbatan qo‘llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatning yupqa lablari ko„karib pirpiradi, burni oqarib,kataklari kerildi. (A. Qahhor.); 2) Laylakning bo„yi novcha, tumshug„i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan ko„chganda. (Uyg‘un.) Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq leksemalari o‘z kontekstida qo‘llangan, shu bois ularda qo‘shimcha ma’no semalari (baho semalari) ifodalanmagan.Y n a m i s o l: U bir ko„ngli borib muttaham qozining tumshug„iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy.) Bu gapda tumshuq so‘zi o‘ziga xos bo‘lmagan kontekstda - odamga nisbatan qo‘llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat munosabatlari ifodalangan.
O‘zbek tilida baho semalarining morfemalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyi(jon), til(i)-til(lari), uka -uka(gina+m) kabi.Masalan:

  • Mushfiq va mehribon ovijon. O'z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma‘zur tuting. (E. Samandar.)

  • Og‘a, sog‘ bo‘lsangiz avval Dadamlarga salom ayting.Yugurib chiqqan ul

mushfiq Onamlarga salom ayting. (Hamza.)

  • Men uning tillarini kesib olaman, qo‘limga bir tushsin yashshamagur. (E.Samandar.)

-Bir oydan so‘ng ko‘zin yumib Mamaniyoz, Ko„kanchaga meros qopdi bud-shud, oz-oz. (G‘. G‘.)

  • Seni o‘zimdek bilaman, Ol, ukaginam. (S.Ahm.)

-Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo‘roz , kuchukvoy. (G‘.G‘.)
Yuqoridagi tahlil natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, baho semasi uch yo‘l bilan ifodalanadi: 1) baho semasiga ega bo‘lgan leksemaning o‘zi bilan (leksik- semantik usul); 2) kontekst yordanida (kontekstual usul); 3)subyektiv baho ifodalovchi affiks morfemalar yordamida (morfologik usul).


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling