O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet195/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Hozirgi leksik ma’no - leksemaning hozirgi o‘zbek tilidagi ma’nosi.
Avvalgi leksik ma’no - leksemaning o‘tmishdagi leksik ma’nosi.
Bosh ma’no- leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’noning o‘sib chiqishiga asos bo‘lgan ma’no.
Hosila ma’no- bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no.
Eski leksik ma’no- leksemaning hozirgi paytda arxaiklashib qolgan ma’nosi.
Etimologik leksik ma’no- leksemaning kelib chiqishida uning mazmun jihatiga asos bo‘lgan dastlabki ma’no.
Shakl etimoni- leksemaning yuzaga kelishida asos bo‘lib xizmat qilgan dastlabki shakl.
Ma’no etimoni- leksemaning dastlabki (birinchi) ma’nosi .
Adabiyotlar: 10 (161-166), 16 (160-173), 28(63-68),29 (69-74)

  1. Leksik ma’noning lug„aviy konteksti,
    grammatik tabiati va
    2v73alentlik imkoniyatlari

Leksik ma’noning lug„aviy konteksti
Bunday kontekst leksik ma’noning (yoki ma’nolardan birining) namoyon bo‘lishi uchun zarur sharoitni yaratadi. Masalan, til leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma’nolar (sememalar) bor: til (1)-“og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan, maza-ta’m bilish, kishilarda esa, bundan tashqari, nutq tovushlari hosil qilish uchun xizmat qiladigan anatomik a’zo til (2)-“fikr ifodalash va aloqa quroli bo‘lib xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa, tovushlar, so‘zlar va grammatik vositalar sistemasi”; til (3)- “nutqiy uslub, stil”; til (4) - “fikr ifodalashda yuzaga keladigan ibora, gap, so‘z, nutq”; til (5)- “harbiy asir”; til (6) - “asbob,mexanizm va boshqa shu kabilarning osilib, qimirlab turadigan qismi”; til (7) -“tig‘ga o‘xshash, uchli narsa”; til (8) -“biror narsa, voqea va shu kabilarning mohiyatini, sirini ifodalovchi yo‘l, usul” va b.lar.Shulardan 1-ma’no (bosh ma’no) odam, hayvon, og„rimoq, yallig„lanmoq kabi leksemalar bilan bog‘lanib kelganda namoyon bo‘ladi: odamning tili, hayvonning tilt, tiltyallig„langan kabi; 2-leksik ma’no ona, milliy, xalq kabi ot va sifatlar, gapirmoq, so „zlashmoq, o ‘rganmoq kabi fe’llar bilan bog‘lanishda namoyon bo‘ladi: ona tili, milliy til, xalq tili, ona tilida gapirmoq, ona tilida so„zlashmoq,rus tilini o„rganmoq kabi; 3-leksik ma’no asar, gazeta, so„zlashuv , ilmiy, yozmoq, bayon etmoq kabi ot, sifat va fe’llar bilan bog‘lanishda voqelanadi: badiiy asar tili, Ilmiy asar tili, jonli so ‘zlashuv tili, gazeta tili kabi; 4-leksik ma’no ibora va maqollar tarkibida voqelanadi: Til qilichdan o„tkir. -Maqol. To„g„ri til toshni yoradi, egri til -boshni. - Maqol. Odamning dili bilan tili bir bo„lsin. -Maqol. 5-ma’no kelingan, keltirilgan sifatdoshlari bilan “aniqlovchi + aniqlanmish” qolipidagi konstruksiyalarda namoyon bo‘ladi: Qo„mondonlik Ostonaqullar keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi (A. Rahmat). 6-ma’no soat, kompas, qo„ng„iroq so‘zlari bilan bog‘lanishda namoyon bo‘ladi: soatning tili, kompasning tili, qo ‘ngiroqning tili kabi; 7-ma’no olov, o ‘tli so‘zlari bilan bo‘g‘lanishni taqozo qiladi: Shamol kuchayib,olovning tili yana ham uzunlashdi. (S. Ahmad); 8-ma’no yer, dehqonchilik, tarix kabi so‘zlar bilan bog‘lanishda voqelanadi: yerning tilini bilmoq, dehqonchilikning tilini bilmoq, tarix tilga kirdi kabi. Demak, har bir leksik ma’no o‘zining leksik kontekstiga ega.Bunday kontekst ayniqsa ko‘p ma’noli leksemalarning u yoki bu ma’nosini nutqda reallashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Leksik ma’noning grammatik tabiati
Polisemantik leksemalarning leksik ma’nolari o‘zlarining leksik konteksti bilan birga, shu leksemaning u yoki bu morfologik shaklga kirish imkoniyatlari bilan ham bir-biridan farq qiladi Masalan, “tarix tilga kirdi"deyish mumkin, ammo “dehqonchilik tilga kirdi” deb bo‘lmaydi. Shuningdek, “dehqonchilikning tilini biladi" deyish mumkin bo‘lgani holda, “tarixning tilini biladi” deyish hollari uchramaydi.Bular shuni ko‘rsatadiki, har bir leksik ma‘noning o‘z leksik kontekstidan tashqari , yana o‘z grammatik tabiati ham bor.
E s l a t m a: Leksik ma’noning grammatik tabiati ancha murakkab hodisa bo‘lib, u maxsus ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini taqozo qiladi.
Leksik ma’nolarda semantik bo„g„lanish
Leksemalar gapda teng va tobe munosabatlar asosida bog‘lanib keladi.Bunday bog‘lanishda ular o‘rtasidagi semantik munosabatlar ham hisobga olinadi. Masalan, “u choy ichdi" deyish mumkin, ammo u choy yedi" deb bo‘lmaydi, chunki yemoq fe’lining semantik tarkibida “suyuqlik" semasi, “choy” leksemasida esa “quyuqlik" semasi yo‘q: choy yeyilmaydi, non ichilmaydi. Shuningdek, “Ayol boshiga ro‘mol o‘rab olgan edi" gapini “Ayol boshiga ro‘mol kiyib olgan edi" deb bo‘lmaydi, chunki ro‘mol leksemasining semantik tarkibida “kiymoq" semasi yo‘q: ro‘mol kiyilmaydi, o‘raladi. Demak, o‘zaro bog‘lanayotgan leksemalarning semantik tarkibida bir umumiy semaning bo‘lishi shart. Bunday umumiy sema tilshunoslikda sintagmema deb yuritiladi.100Choy va ichmoq leksemalarining har ikkalasida mavjud bo‘lgan “suyuqlik” semasi choy ichdi bog‘lanishida sintagmema vazifasini bajargan - bu
ikki so‘zning semantik bog‘lanishini ta’minlagan. ro‘mol o‘ramoq”da esa bunday umumiy sema (sintagmema) vazifasini “o‘rash” semasi bajargan.
Leksemalarning birikma yoki gap tarkibida o‘zaro aloqaga kirisha olish (bog‘lana olish) xususiyatlari tilshunoslikda valentlik deb yuritiladi, valentlikka oid g‘oyalar, qarashlar umumlashmasi esa valentlik nazariyasini shakllantiradi.
Tekshirish savollari

  1. Leksik ma’noning lug‘aviy konteksti masalasini qanday tasavvur etasiz?

  2. Ma’nonig lug‘aviy (leksik) konteksti qanday omillarga bog‘liq?

  3. Leksik ma‘noning grammatik tabiatini qanday tushunasiz?

  4. Leksik va grammatik sathlar o‘rtasidagi ierarxik (pog‘onali) munosabatlarda leksik ma’noning grammatik tabiati qanday rol o‘ynaydi?

  5. Leksik ma’nolarda semantik bo‘g‘lanish qanday omillardan kelib chiqadi?

  6. Valentlik nima?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling