O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar)


Download 5.3 Mb.
bet198/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ideografik

semasining ma’no qirrasi bilan farqlanadi.Masalan, achchiqlanmoq, g„azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari “g‘azabi kelmoq” ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noning (ideografik semaning) ifodalanish darajasi bir xil emas, bu daraja — achchiqlanmoq'dan "giazablaHmoq"qa,"giazablaHmoq^dan esa "qahrlanmoq^qa qarab kuchayib bormoqda;

  1. uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar, baholovchi sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nolari ijobiy yoki salbiy bo‘yoqlar bilan qoplangan bo‘ladi, ayni shu uslubiy semalar (baho semalari) sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no -"ovoz chiqarmay miyig‘ida kulish” hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa biroz salbiy bo‘yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo‘yoq irjaymoq,tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi. Qiyos qiling: U hamisha kulib, j i l m a y i b turadigan mehribon chehrani ko ‘rmadi (M. Ism.). Sho‘xroq qiz, yigitlar i l j a y i b, bir-biriga ko ‘z qisib qo ‘yishadi ("Mushtum”).Fosih afandi bo ‘Isa... qora duldul ustida kuydirgan kalladay i r j a y b o‘tirar edi (M. Ism.) Fazliddin t i r j a y i b, egri-bugri tishlarining oqini ko‘rsatdi. (O.) Lekin Murzin hayrat qolib: “U emas-ku!”-degan edi, kommendant: “Adashmang, aynan o‘zi” - dedi surbetlarcha i s h s h a y i b. (Sh.) Yer yutgurlar, nima qilib i r s h ay i b turibsizlar, huv, ko ‘zlaring teshilsin! - dedi хotinlаrdаn biri (M. Os.);

Uslubiy sinonimlarning yana bir ko‘rinishi bor: ular salbiy yoki ijobiy bo‘yoqlardagi darajalanish bilan emas, balki nutqning u yoki bu turiga xoslanish belgisiga ega ekanligi bilan o‘zaro farqlanadi, ammo ideografik semalari bilan bir guruhga birlashadi. Masalan, ozgina, picha, sal , xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko‘rinishlarida (adabiy nutqda ham, so‘zlashuv nutqida ham) qo‘llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so‘zlashuv nutqiga xoslangandir;


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling