Sinonimiya va polisemiya. Sinonimiya va polisemiya o‘rtasida ma’lum bog‘lanish bor. Xususan, polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: olov yoqmoq va o„t qo„ymoq (sinonimlar: olov va o„t), quyosh olovi va quyosh harorati (sinonimlar: olov va harorat),olov yigit va g„ayratli yigit (sinonimlar: olov va g„ayratli). Oxirgi sinonimik qatorda olov leksemasining “predmet” semasi so‘nib, “belgi” semasi faollashgan.
Sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi. Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sifatida qatnashadi: ular nutqning ravon va ta’sirli bo‘lishini, fikrning aniq yoki obrazli chiqishini ta‘minlaydi.
I z o h: Sinonimiya hodisasi frazemalar va grammatik birliklar (morfemalar, so‘z birikmalari va gaplar) doirasida, shuningdek, leksema bilan frazemalar munosabatlarida ham uchraydi. (Bu haqda “Frazeologiya” va “Grammatika” bo‘limlariga qaralsin).
Tekshirish savollari
Qanday hodisa leksik sinonimiya sanaladi?
Sinonimik qator yoki sinonimik uyani qanday izohlaysiz?
3.Sinonim leksemalarning ma‘nolaridagi tenglik ularning qaysi semalariga asoslanadi? Farqlari-chi?
4.Ifoda semalaridagi darajalanish holatlarini qanday tushunasiz?
Dominanta nima?
Leksik va grammatik sathlar o‘rtasidagi ierarxik munosabatlarda leksik sinonimlarning qaysi jihatlari ajralib turadi?
Sinonimik qatordagi leksemalar miqdori haqida nimalarni bilasiz?
Nima uchun sinonimik qator semantik mikrosistema sanaladi?
Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?
Ma‘no sinonimlari (ideografik sinonimlar) va uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar) qanday farqlanadi?
Absolut sinonimlar yoki leksik dubletlarni qanday tasavvur qilasiz? Kontekstual sinonimlarni-chi?
Qanday holatlarda leksemalar sinonimik munosabatda bo‘la olmaydi? 13.Sinonimik qatorlarning leksik tarkibi haqida nimalarni bilasiz? 14.Sinonimiya va polisemiya o‘rtasida qanday bog‘lanish bor? 15.Sinonimlarnmg uslubiy vosita sifatidagi ro‘li nimalarda namoyon bo‘ladi?
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |